calendar 04 Apr 16:20
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xalqaro tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

image
Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.

Unga koʻra, joriy yilning 4html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand shahrida 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi rasmiy sammiti hamda 'Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida birdamlik' mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur xalqaro tadbirni yuqori saviyada oʻtkazilishi va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari koʻriladi.

Jumladan, 2025-yil 1html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 'Ipak yoʻli' turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi, Samarqand davlat universiteti akademik litseyi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumlariga yozgi taʼtil hisobidan qisqa muddatli oʻquv taʼtili beriladi.

Taʼkidlanishicha, mazkur muassasalarda oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kunidan boshlanadi. Yuqoridagi oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi taʼtilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi.

Maʼlumot uchun, mazkur xalqaro tadbirlar sabab 3html5-dom-document-internal-entity1-minus-end4html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand shahriga kirish yopilishi rejalashtirilgan. Shaharning ayrim koʻchalarida ham harakatlanish vaqti-vaqti bilan cheklanadi, ular oʻrniga aylanma harakat tashkil etilishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
65
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

12 Apr 21:15
 
48
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

13 May 14:38
 
29
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.

13 May 14:39
 
113
0
xs.uz

Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida 'British Street Food Awards' xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Taʼkidlanishicha, 'British Street Food Awards' tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan 'Oshpaz' oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki,