calendar 13 May 14:39
eye 174
comments 0
comments Manba: xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBaxshilar bahsihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end: IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni yakunlandi

image


Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ikkinchi kuni ham oʻz nihoyasiga yetdi. Ochilish marosimidan soʻng start olgan tanlov bahslarida mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Tanlov bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.

Baxshilar va oqinlar milliy epik sanʼatining eng sara namunalarini namoyish etib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Kun davomida namoyish qilib borilgan tadbirlardan koʻrish mumkinki, festival doirasida Ichan qalʼa maydonida tashkil qilingan turli tadbirlarda mamlakatimizning koʻplab hududlaridan tashrif buyurgan baxshilar guruhi oʻz aytimlari, termalari hamda kuy-navolari bilan kuzatuvchilarning kayfiyatiga kayfiyat qoʻshishdi.

Jumladan, Toshkent viloyatidan 'Koʻzmunchoq', Toshkent shahridan 'Durdona', Buxoro viloyatidan 'Omonyor', Namangan viloyatidan 'Xazratibob', Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 'Suvsepser', Surxandaryo viloyatidan 'Janub sadolari' hamda Jizzax viloyatidan 'Bogʻdon' folklor-etnografik xalq jamoalari kabi oʻnlab baxshilar festival doirasida tashkil qilingan turli tadbirlarda oʻz aytimlari bilan barchaga shodlik ulasha oldilar.

Kun botar chogʻda barcha mehmonlar asosiy tanlov bahslari boʻlib oʻtajak maydon tomon yoʻl olishdi. U yerda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan baxshilar jamoalari oʻz chiqishlari bilan mazkur festivalning tanlov bahslarida ishtirok etishdi. Festival sahnasiga birinchi boʻlib surxondaryolik baxshi Jovli Tangriyev chiqish qildi. Keyin esa Eron Respublikasidan tashrif buyurgan 'Arang' musiqiy guruhi kuyladi. Tojikistonlik baxshi Abdurahmon Hasanov 'Alpomish' dostonini kuylagan boʻlsa, Yaponiyadan tashrif buyurgan musiqiy guruh aʼzolari ham oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Shuningdek, festivalning tanlov bahslarida 'Alpomish', 'Rustamxon', 'Xirmondali', 'Oshiq Mahmud' kabi oʻnlab milliy madaniyatimizning oʻlmas durdonalari ham ijro etilib, kuzatuvchilar hamda sayyohlarning eʼtiborini oʻziga qarata oldi.

IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali doirasidagi tanlov bosqichi ishtirokchilarining chiqishlarini hakamlar hayʼati aʼzolari baholab borishdi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari turli davlatlardan tanlab olingan boʻlib, ular:

Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali davom etmoqda. 200 ga yaqin ishtirokchilarni oʻzida jamlagan ushbu festival hozirda butun dunyoning eʼtibor markazida boʻlib turgani shubhasiz. Musobaqa gʻoliblari, festivalning soʻnggi kunida aniqlanib, taqdirlanadilar.



Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
70
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.

04 Jun 02:44
 
116
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,18 soʻmga'oshdi va'12 834,61 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'175,82 soʻmga'koʻtarildi va'14 662,26 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,05 soʻmga'oshib,'162,65 soʻmni'tashkil etdi.

13 May 14:38
 
132
0
xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg

17 May 21:47
 
38
0
xs.uz

Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K