UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.
'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Ittifoqining migratsiya bitimini toʻliq amalga oshirishi shart. Shu sababli, hozirdan 2026-yil 12-iyungacha Irlandiya parlamenti ikkala palatasi bir nechta qonun hujjatlarini qabul qilishi va soʻngra Prezident ularni imzolashi kerak boʻladi','' deb yozgan Makgregor oʻzining Instagram sahifasida.
Shuningdek, Makgregor, ushbu qonun loyihasiga qarshilik koʻrsata oladigan yagona prezident boʻlishini ham qoʻshimcha qilgan.
'Keyingi prezidentlik saylovi 2025-yil 11-noyabrgacha oʻtkazilishi kerak. Bu qonun loyihasiga kim qarshilik qiladi? Prezidentlik uchun nomzodini koʻrsatadigan boshqa shaxslar hech qanday qarshilik koʻrsata olishmaydi. Men esa buni uddalayman','' degan u.
Maʼlumot uchun, Irlandiya prezidenti davlat rahbari hisoblansada, asosan tantanali marosimlarni boshqarish vazifalarini bajaradi. Davlatni boshqarish esa mamlakat bosh vaziri zimmasiga yuklatiladi.
Shunday boʻlsada, davlat rahbari hamon sezilarli vakolatlarga ega boʻlib, Irlandiya konstitutsiyasini himoya qilish uchun masʼul shaxs hisoblanadi.
Irlandiya konstitutsiyasiga koʻra, mamlakat prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun nomzod Irlandiya parlamentining kamida 20 nafar aʼzosi yoki 31 ta shahar va viloyat kengashlarining kamida toʻrttasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi lozim.
Faqatgina amaldagi yoki sobiq prezidentlar ushbu bunday qoʻllashlarsiz qayta nomzodini qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Hozirda Irlandiya parlamentidagi deyarli barcha qonun chiqaruvchi aʼzolar allaqachon Makgregorning dasturiga qarshi boʻlgan siyosiy partiyalarga mansub, shuning uchun uni nomzod sifatida koʻrsatishlari ehtimoli juda past.
Konor Makgregor Irlandiya parlamentining 20 nafar aʼzosi yoki toʻrtta kengashdan nomzodlik olish uchun katta qiyinchiliklarga duch kelishi taxmin qilinmoqda. Boshqa nomzodlar hali eʼlon qilinmagan boʻlsada, Berti Ahern va senator Frensis Blek prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodlarini qoʻyishi oydinlashib bormoqda.
Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom
Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan
Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin
AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi
14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr
Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar