Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

Muloqot chogʻida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitining ahamiyati alohida qayd etildi. Mazkur sammit ikki mintaqa oʻrtasida oʻzaro ishonch va barqaror muloqotni mustahkamlashda muhim poydevor boʻlgani taʼkidlandi. Bu kabi uchrashuvlar siyosiy, iqtisodiy va madaniy yoʻnalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida 2025-yil aprel oyida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Yevropa davlatlari parlamenti vakillari faol ishtirok etgani yuqori baholandi. Assambleya doirasida qabul qilingan hujjatlarning Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlangani ushbu hamkorlikda yuksak darajadagi siyosiy iroda mavjudligini koʻrsatdi.
Tomonlar siyosiy muloqotni izchil davom ettirish, qonunchilik jarayonida ilgʻor yondashuvlar almashinuvi, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro tashriflar faolligini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirishga kelishib oldilar. Uchrashuv doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.
Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga
Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi
Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doiras