calendar 23 Mar 16:44
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.

' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda qurayapmiz. U ziyorat bilan birga maʼrifat, tarbiya, ibrat oʻchogʻi boʻlsin, ' dedi Shavkat Mirziyoyev.

Imom Buxoriy maqbarasi butun islom olamida eʼzozli maskan. Koʻp ming sonli ziyoratchilarga sharoitlarni kengaytirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda.

Majmuaning umumiy maydonli 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga moʻljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulugʻvorlik bagʻishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish binolari barpo etilgan.

Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy anʼanalar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga 'Sahihi Buxoriy'dan hadislar bitiladi.

Bundan tashqari, hududda ikki ming oʻrinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, toʻrtta tahoratxona barpo etiladi.

Bu yil yurtimizda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi Prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand shahridagi majmuasini qayta taʼmirlash va obodonlashtirish belgilangan.

Tashrif chogʻida Prezidentimizga ushbu loyiha taqdimot qilindi.

Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga moʻljallangan jome masjid, maʼmuriy bino qurilishi koʻzda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar boʻladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.

Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar koʻpaygan paytda yashagan, butun hayotini islomiy aqiydani himoya qilish va maʼrifatini yoyishga bagʻishlagan. U zotning moturidiylik taʼlimoti, 'Taʼvilotul Qurʼon', 'Kitob at-Tavhid' kabi asarlari bagʻrikenglik va moʻtadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning maʼnaviy asoslariga aylangan.

Davlatimiz rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb boʻlib borayotganini taʼkidlab, alloma bobomizning merosini yanada keng oʻrganish va jahonga targʻib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yana bir xayrli loyiha ' Oqdaryo tumanidagi Mahdumi Aʼzam qadamjosini obod qilishga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tugʻilgan soʻfiy olim naqshbandiya taʼlimotining rahnamolaridani biri boʻlgan. Ilm va din yoʻlidagi uzoq safardan soʻng, Samarqand viloyatida abadiy qoʻnim topgan.

Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham koʻp. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi Aʼzam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.

Samarqand zaminidan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich taʼmirlanib, obod qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
35
0
xs.uz

Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,

23 Mar 16:43
 
40
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud

09 Mar 06:33
 
41
0
xs.uz

Toshkentda tez tibbiy yordam xodimlari bemorni podyezdga tashlab ketmoqchi boʻldi. SSV bunga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xodimlari bemorni 4 soat olib yurib, soʻng podyezdga tashlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, fuqaro M.B. (1953-yilda tugʻilgan, uyi va aniq yashash manzili yoʻq) nomiga 2025-yil 23-fevraldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatiga bir necha marotaba murojaatlar qayd qilingan va har safar unga tibbiy xizmatlar koʻrsatilgan.Bundan tashqari, M. B. 4-son va 1-s

20 Mar 12:54
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us