calendar 23 Mar 16:43
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

image
Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga turistik vizalar bilan kelgan, biroq zarur ruxsatnomalarni olmasdan ishga joylashish maqsadida mamlakatda qolgan. Hibsga olinganlar orasida 20 yoshga toʻlmagan vatandoshlar ham bor. Ulardan baʼzilari qarindoshlariga xabar bermasdan sayohatga chiqqani oilalarda tashvish va faol qidiruvga sabab boʻlgan.

'Xorijga chiqishni rejalashtirayotgan barcha fuqarolarimizga qabul qiluvchi davlat qonunchiligini oldindan oʻrganishni, mahalliy anʼana va meʼyorlarni hurmat qilishni, shuningdek, qonuniy boʻlish va ishga joylashish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlashni qatʼiy soʻraymiz. Bundan tashqari, turli vaziyatlarda muloqot qilish uchun mezbon davlat tilining asoslarini oʻrganish tavsiya qilamiz', ' deyiladi Oʻzbekiston elchixonasi bayonotida.

Shuningdek, Oʻzbekiston elchixonasi Saudiya Arabistonida qiyin vaziyatlarga duch kelganlar Ar-Riyod shahridagi elchixona yoki Jiddadagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishi mumkinligini bildirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

21 Apr 08:33
 
47
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav

31 May 08:49
 
20
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin

16 Apr 15:12
 
51
0
xs.uz

Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o