Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.
Koʻrsatilgan davrda tegishli issiqlik manbalari tomonidan xizmat koʻrsatiladigan hududlardagi isteʼmolchilar uchun issiq suv taʼminoti 25-aprelgacha toʻxtatiladi.
Taʼminotning oʻchirilishi taʼsir etuvchi manzillar roʻyxati bilan ushbu'havolada'tanishishingiz mumkin.
'Oldindan ushbu maʼlumotni inobatga olishingizni va zaruriyat tugʻilganda issiq suvning muqobil manbalaridan foydalanishni rejalashtirishingizni soʻraymiz. Tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!' deyiladi xabarda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.'Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi Janobi Oliylariga qabul uchun minnatdorlik bildiramiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik', ' deyiladi xabarda.Mazkur uchrashuv mamlakatlarimiz oʻ
Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼli
Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be