calendar 08 Jun 02:26
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ertadan Toshkent metrosining ikki bekati oraligʻidagi harakat vaqtincha toʻxtatiladi

image
Toshkent metropolitenining 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati 8-iyun kunidan vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida 'Toshshahartransxizmat' AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli, 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati shu yilning 8-iyun kunidan boshlab vaqtincha muddatga toʻxtatiladi.

Shuningdek, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, ushbu oraliqda 1m-sonli avtobus yoʻnalishi tashkil etiladi. Yoʻnalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan boʻlib, ushbu avtobus yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

'Yoʻnalishda 5 ta 'King Long' rusumli avtobuslar 6 daqiqalik interval bilan harakatlanadi. Yoʻlovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi', ' deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
66
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro

21 Apr 08:34
 
895
0
xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla

21 Apr 08:34
 
891
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

01 Jun 03:47
 
29
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga