calendar 21 Apr 08:34
eye 996
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

image
Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.

'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.

Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzlatgich bozorda oʻrtacha 250 dollardan sotilayotgani uchun 30 dollar QQS toʻlanadi.

Xuddi shunday muzlatgichning import narxi sunʼiy pasaytirilib, 25 dollar koʻrsatilgani uchun bor-yoʻgʻi 3 dollar QQS olinyapti. Yaʼni, ishlab chiqaruvchi importga nisbatan 10 karra koʻp soliq toʻlayapti.

Yangi farmon bilan endilikda chetdan olib kelinayotgan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻliq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.

Salqin ichimliklar, maishiy texnika, farmatsevtika, alkogol va tamaki kabi mahsulotlarni markirovkalash tizimi'joriy qilingan.

Lekin, barcha qonun-qoidalarga mos ishlayotgan tadbirkorlarning mahsulotlari bilan bir vaqtda markirovkasiz tovarlar ham bemalol sotilayotgan holatlar kuzatilmoqda. Hamma doʻkonlar ham markirovka bilan ishlamagani uchun nazorat zanjiri uzilib qolmoqda.

Soliq va Bojxona qoʻmitalariga markirovkalashning ishlab chiqarish hajmiga salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish, markirovkalash talabi bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Qimmat bozorlarda talab yuqori boʻlgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qoʻyilgani uchun koʻplab imkoniyatlar qoʻldan boy berilayotgani qayd etildi.

Endilikda, 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov boʻlmasligi eʼlon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.

Bu tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat ekani taʼkidlandi.

'Bir narsani aniq tushunish kerak. Agar tadbirkorlar qimmat bozorlarga ishlasa, ularda mahsulotni koʻpaytirish, sifatni yaxshilashga intilish, ishtiyoq ortadi, manfaat boʻladi', dedi Prezident.

Hozirda qandolatchilik va salqin ichimliklar tarmogʻi mahalliy sanoatning drayveriga aylanib ulgurgani va ularni qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

Shu bois shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinishi belgilandi. Quruq sut importiga qoʻyilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.

Buning hisobiga qariyb 40 ming odam ishlaydigan 5,5 ming qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion soʻmga yetadi.

Hozirda 2,5 mingga yaqin restoran va kafe QQS toʻlamoqda. Yil boshidan ularga QQSning 20 foizdan 40 foizgacha qismini 'keshbek' sifatida qaytarish tizimi joriy qilingan edi. Lekin, hozirgacha bu imtiyozdan bor-yoʻgʻi 69 ta umumiy ovqatlanish korxonasi foydalangani koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, salqin ichimlik, tort, muzqaymoq kabi 200 dan ziyod mahsulot alohida-alohida sotilsa, 'keshbek' berilmayapti. Vaholanki, ularga ham QQS toʻlangan.

Soliq qoʻmitasiga bu boradagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yoʻlga qoʻyish topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

01 Jun 03:47
 
125
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet

31 May 08:49
 
54
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n

17 May 21:46
 
59
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o