calendar 31 May 08:49
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.

Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad Bobur', 'XIX asrda O'zbekistondagi italiyaliklar', 'Ikkinchi jahon urushida o'zbekistonliklarning Italiyani ozod qilishga qo'shgan hissasi', 'O'zbekiston va Italiya: madaniy merosni asrash' kabi 9 ta mavzuli bo'limdan tashkil topgan.

Mehmonlarga Afrosiyobning 'Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilish marosimi' nomli devoriy suratning mashhur italiyalik usta Mauro Pellitsonni tomonidan Florensiya mozaikasi uslubida ishlangan noyob nusxasi namoyish etildi.

Shuningdek, yetakchilar turli tarixiy yodgorliklar, grafik tasvirlar, qo'lyozma va miniatyuralar, nodir adabiy nashrlar, haykallar, arxiv suratlari va hujjatlari bilan tanishdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
285
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

17 May 21:46
 
11
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani

18 Apr 11:07
 
67
0
xs.uz

Erkalatsa otasi, boshga chiqar bolasi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Farzandini suymagan inson yoʻq. Biroq uni haddan ziyod erkalatishning foydasidan zarari koʻproq. Buni yaqinla Namanganda 16 yoshli qizning avtomashina ruliga oʻtirishi oqibatida roʻy bergan fojia yana bir bor tasdiqladi.Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda or

13 May 14:37
 
29
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.O'zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o'rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ik