Gap shundaki, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro 'Spark' rusumli transport vositasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik tajribasi yoʻq qiziga ishonib topshiradi. Rulga qizi yonidagi old oʻrindiqqa esa oʻzi oʻtiradi. Bu paytda orqa oʻrindiqda qizning onasi va 10 yoshli singlisi ham boʻlgan. Avtomobilni ichki yoʻlda boshqarib ketayotib, xavfli burilish qismida oʻng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi tufayli boshqaruvni yoʻqotadi va shu yerdan oqib oʻtuvchi Andijon kanaliga tushib ketadi. Buyogʻi esa...
Hodisa oqibatida orqa oʻrindiqdagi kichik qizaloq va ona 'nafas yoʻliga suv tiqilish' tashxisi bilan vafot etishadi. Voyaga yetmagan haydovchi va unga rulni bergan ota esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ayni voqeadan bir necha kun oʻtib yana Uchqoʻrgʻon tumanida sodir boʻlgan ayanchli avtohalokat ham koʻpchilikni larzaga soldi. Tumandagi 23-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi otasiga tegishli boʻlgan 'Cobalt' rusumli avtomashinani oʻzboshimchalik bilan uydan olib chiqib, boshqarib ketayotgan vaqtida harakat xavfsizligini taʼminlay olmay qoladi va yoʻlni kesib oʻtayotgan ayni shu maktabning 4-sinf oʻquvchisini urib yuboradi. Hodisa oqibatida bolajon shifoxonada vafot etadi.
Endi oʻz qilmishi sababli tergov idoralarida otasini ham sarson qilayotgan, bir oilaning katta musibatiga sababchi boʻlgan yigit qattiq pushaymonda. Biroq bu pushaymon hali dunyoga toʻymagan goʻdakning hayotidan ustun boʻlarmidi.
Aytish lozimki, voyaga yetmagan bolalarning avtomobil ruliga oʻtirishi bilan bogʻliq noxush hodisalar borgan sari koʻproq kuzatilmoqda. Bunga asosan farzandining istagiga quloq tutgan ota-onalar sabab boʻlayotgani haqiqat. Qoʻyib bersangiz bolaning koʻngli nimalarni xohlamaydi, deysiz. Shunday ekan, ularni avtomobil sayridan koʻra ilm-fanni egallash yoki boshqa nafli mashgʻulotga qiziqtirgan maʼqul emasmi?!
“Afrosiyob” poyezdlari harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi
Oʻzgarishlar quyidagicha:
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz
Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala