calendar 16 Apr 15:12
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

image
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash lozimki, majmuada Yevropa standartlariga mos sharoitlar yaratildi.



' Barcha qurilish ishlarini yakunladik, ' deydi 'RAVON-ARENA' MCHJ rahbari Rasul Boʻtaboyev. ' Majmuamizda katta futbol maydoni, sauna, fazanariya ham bor. Yaqinda 8.5 kilovattlik quyosh panellari ishga tushirildi. Sayyohlar qarmoqda baliq tutish bilan ham shugʻullanishi mumkin. Buning uchun daryo boʻyiga baliq oviga moʻljallangan, koʻchiriluvchi soʻrilar ham oʻrnatildi. Majmuada moʻjaz hayvonot bogʻi ham tashkil etyapmiz. Xususan, fazanariyamiz, yaʼni parrandaxonamiz uchun tustovuqlar keltirdik.



Maʼlumot uchun. Joriy yilda Sirdaryo daryosining Guliston tumanidan oʻtuvchi qismi boʻyida 10,9 gektar maydonni egallaydigan 'Turizm klasteri'ni tashkil qilish moʻljallangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
22
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

16 Apr 15:12
 
87
0
xs.uz

Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻ

17 May 21:46
 
17
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo

01 Jun 03:47
 
5
0
xs.uz

Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh