calendar 16 Apr 15:12
eye 124
comments 0
comments Manba: xs.uz

Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.

'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.

Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻladi', dedi davlatimiz rahbari.

Andijon hamma sohada islohotlar ijrosiga astoydil kirishib, odamlarning kundalik hayotiga ijobiy oʻzgarishlarni tez olib kirayotgan hududlardan biri ekani taʼkidlandi.

Oʻtgan yili viloyatda 4 mingdan ziyod yangi tadbirkor ish boshladi, 51 ta korxona kichikdan oʻrta toifaga oʻtdi, 13 tasi yiriklashdi. Bir yilda 450 ming aholi ishli boʻldi.

Viloyatda 1,5 million kvadrat metr turar joy va 850 ming kvadrat metr noturar obyektlar qad koʻtardi. Buning hisobiga oʻtgan yili savdo va xizmatlar 13 foizga, sanoat 7,5 foizga oshdi.

'Lekin hayot bir joyda toʻxtab qolmaydi. Odamlar har kuni izlanib, yangi gʻoya va tashabbuslar bilan chiqayapti, oldimizga katta-katta masalalarni qoʻymoqda', dedi Prezident.

Shuni hisobga olib, viloyatga qoʻshimcha 1 trillion soʻm yoʻnaltirilishi aytildi.

Viloyat hokimligi, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 16 ta shahar va tuman hokimlari aholi va tadbirkorlarni har kuni eshitib, hozirgi surʼatni saqlab qolishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

'Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim', dedi davlatimiz rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

31-may kuni harorat 37 darajagacha isiydi

'Oʻzgidromet' 31-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 28-30 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat

17 May 21:46
 
462
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

01 Jun 03:47
 
130
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi

'Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak', ' degan Xomanaiy.Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, 'Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi' deya taʼkidladi.'Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun