AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abrams' jangovar tanklari ishtirok etdi. Shu munosabat bilan shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Tomoshabinlar orasida Amerika bayroqlari koʻtarilgan boʻlib, koʻpchilikning boshida 'Amerikani yana buyuk qilamiz' ('Make America Great Again') yozuvi tushirilgan qizil kepkalar boʻlgan.
Prezident Tramp harbiy parad doirasida yangi askarlar va armiyaga qaytgan harbiy xizmatchilarni tantanali tarzda qasamyodga keltirdi. U oʻz murojaatida: 'Qoʻshma Shtatlar armiyasiga xush kelibsiz! Hayotingizda omad yor boʻlsin', ' deya minnatdorchilik bildirib oʻtdi.
Biroq harbiy tantanalar fonida mamlakatning bir qancha yirik shaharlarida Donald Trampning siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari ham boʻlib oʻtdi. 'No Kings' ('Podshohlar kerak emas') shiori ostida oʻtkazilgan mitinglar Trampning avtokratiyaga moyil siyosati, milliarderlar manfaatini koʻzlash va AQSH demokratiyasining militarizatsiyalashuviga qarshi yoʻnaltirilgan edi. Ushbu noroziliklar aynan prezidentning tugʻilgan kuniga toʻgʻri kelganligi bilan eʼtiborga molik.
Eslatib oʻtamiz, Tramp oʻzining birinchi prezidentlik davrida ham shunday parad oʻtkazishni istagan edi. 2017-yilda u Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronning taklifiga binoan Parijda Bastiliya kuni paradini tomosha qilganidan soʻng, AQSHda ham shunday tadbirni tashkil etishni rejalashtirgan. Biroq bunday paradning xarajatlari 90 million dollarga teng boʻlishi aniqlangach, bu reja amalga oshirilmagan edi.
Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl
Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?
AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi
Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov
Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili
Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda
AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su