Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.
Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.
Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozilik bildirdi va ularni qoʻllab-quvvatlashni 'urushga daʼvat' deb atadi.
'Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi. Gʻarb poytaxtlari Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmoqda', ' dedi Rossiya TIV rahbari. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb davlatlari 'Kiyevni jangovar harakatlarni davom ettirishga tayyorlash' uchungina oʻt ochishni toʻxtatishga intilmoqda.
Ana shu jarayonda AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashmaguncha konstruktiv tinchlik muzokaralarini kutmasligini ochiq aytdi.
'Putin va men bir stolga oʻtirmagunimizcha hech narsa boʻlmaydi', dedi Tramp Dubayga ketayotganida jurnalistlarga.
Zelenskiy, oʻz navbatida, Anqarada oʻtkazilgan matbuot anjumanida muzokaralarda Ukraina delegatsiyasiga mamlakat mudofaa vaziri Ruslan Umerov boshchilik qilishini aytdi. Ukraina prezidenti Istanbulga delegatsiya yuborishini, biroq oʻzi muzokaralarga bormasligini bildirdi.
Putinning farmoniga muvofiq, Rossiya delegatsiyasiga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. Shuningdek muzokaralar guruhiga Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Igor Kostyukov, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin va mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin kirdi.
Oʻz navbatida, Zelenskiy Turkiyadagi matbuot anjumanida yana bir bor Rossiyaning yangi hududiy daʼvolarini tan olmasligini taʼkidladi. Shuningdek, u Qrimdan kechmasligini qoʻshimcha qilgan. Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdogʻan ham 15-may kuni Zelenskiy bilan uchrashuvda Qrim Ukrainaga tegishli ekanligini aytgan.
'Donald Trampning pozitsiyasi ikkala tomonga ham bosim oʻtkazishdir. Men Ukrainaga koʻproq bosim oʻtkazilganiga ishonaman', ' degan Zelenskiy. Frontdagi vaziyat haqida gapirganda, u Rossiya barcha yoʻnalishlarda doimiy hujumda ekanligini aytdi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubioning taʼkidlashicha, AQSH Rossiya va Ukraina muzokaralariga katta umid bogʻlamaydi. U Rossiya ' Ukraina muzokaralarida faqat Donald Tramp va Vladimir Putinning bevosita ishtirokida sezilarli yutuqlarga erishish mumkin deb hisoblaydi. AQSH maʼmuriyati Istanbuldagi Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralar natijalariga eʼtibor qaratib, ikki prezidentning mumkin boʻlgan uchrashuvini belgilaydi.
Ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi, bugun 16-mayda Turkiya vaqti bilan soat 12:30 ga boshlanishi belgilangan. Undan oldin AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Turkiya va Ukraina vakillari bilan uchrashadi.
Donald Tramp esa Yaqin Sharqdagi safarini bugun yakunlaydi. Undan soʻng qayerga uchishi nomaʼlum.
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi
Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar