calendar 18 Apr 11:08
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qildi

image
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish maqsadida Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berish rejasini bekor qilgan. Bu haqda Oq uy rasmiylariga tayanib, 'The New York Times' xabar bermoqda.

'Isroil kelasi oyning boshidayoq Eron yadroviy inshootlariga zarba berishni rejalashtirgan edi. Biroq prezident Tramp soʻnggi haftalarda bu gʻoyani rad etib, yadroviy dasturini cheklash boʻyicha Tehron bilan muzokaralar oʻtkazish tarafdori boʻldi', deyiladi maqolada.

Nashrning taʼkidlashicha, Tramp bu qarorni Oq uydagi diplomatiyani davom ettirish yoki Isroilni Eron yadroviy bomba yaratishning oldini olishga urinishlarida qoʻllab-quvvatlash borasidagi bir necha oylik ichki munozaralardan soʻng qabul qilgan. Qayd etilishicha, Eron muzokaralarga tayyorligini maʼlum qilgani sababli, harbiy harakatlarga qarshi 'konsensus'ga erishilgan.

Qayd etilishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumi may oyiga moʻljallangan edi. Tel-Aviv bu orqali Tehronning yadro qurolini yaratish qobiliyatini bir yil yoki undan koʻproqqa kechiktirmoqchi edi.

'Deyarli barcha rejalar nafaqat Isroilni Eronning qasos olishidan himoya qilish, balki Isroil hujumining muvaffaqiyatini taʼminlash uchun ham AQSH yordamini talab qiladi. Bu esa AQSHni hujumning markaziy qismiga aylantiradi. Ammo hozircha Tramp harbiy harakatlardan koʻra diplomatiyani tanladi', deb yozmoqda gazeta.

Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi Tehron Vashington bilan boʻlajak kelishuvni muhokama qilishni boshlashga tayyorligini maʼlum qilgandi. Ammo, uning aytishicha, AQSH konstruktiv pozitsiyani egallashi va Eron yadro dasturini butunlay yoʻq qilish talabidan voz kechishi kerak.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
35
0
xs.uz

“El Pepe” vafot etdi

U Muxikani 'prezident, faol, yoʻl koʻrsatuvchi va yetakchi' deb taʼrifladi. 2024-yil bahorida Muxikada qiziloʻngach saratoni aniqlangan edi va u uzoq vaqt muolajalar olgan edi. Shifokorlar 2024-yilning kuzida saraton hujayralarining kamayganini bildirgan boʻlsa-da, 2025-yil boshida kasallik qayta avj olgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.Muxika 2010'2015-yillar

16 Apr 09:12
 
52
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

16 Apr 09:12
 
55
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil

16 Apr 09:12
 
82
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram