'Toʻgʻrisini aytsam, men oʻlyapman. Har bir jangchining hordiq chiqarishga haqi bor,' ' degan edi u 'Busqueda' jurnali bilan oʻtkazilgan soʻnggi intervyusida.
Muxika 2010'2015-yillar oraligʻida Urugvay prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. U mamlakatni dunyoning eng erkin jamiyatlaridan biriga aylantirishda muhim rol oʻynadi. Uning prezidentligi davrida Urugvayda marixuana isteʼmoli, bir jinsli nikoh va homiladorlikni ixtiyoriy toʻxtatish qonuniylashtirildi. Shuningdek, u alternativ energiya sohasida ham Urugvayni yetakchi mamlakatlar qatoriga olib chiqqan.
Pepe Muxika oddiy hayot tarzi bilan butun dunyoga tanilgan edi. U prezidentlik saroyida emas, balki oddiy bir fermada yashagan va oʻz maoshining katta qismini xayriya ishlari uchun bergan. 'Biz boylik haqida juda koʻp oʻylaymiz, baxt haqida esa kam. Hayot chiroyli sarguzasht, lekin u juda tez oʻtib ketadi', ' deya u hayot falsafasini soʻnggi intervyusida ifodalagan.
Muxika 1960-yillarda 'Tupamaros' deb nomlangan marksistik-leninchi shaharlik partizan harakatining asoschilaridan biri boʻlgan. Ular dastlab boylardan olib kambagʻallarga berish bilan mashhur boʻlgan boʻlsa, keyinchalik ularning harakatlari portlashlar, oʻgʻirlashlar va siyosiy qotilliklargacha yetib borgan.
Ozodlikka chiqqach, Muxika siyosiy faoliyatga qaytadi va 1989-yilda 'Xalq ishtiroki harakati' partiyasini tashkil qiladi. Keyinchalik u parlament aʼzosi, senator va qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ishlaydi. U faqat bir muddat prezident boʻlgan. Bu esa Urugvay qonunlariga muvofiqdir.
'El Pepe' Urugvay xalqi uchun ota kabi boʻlgan va 20-mayda 90 yoshga kirgan boʻlardi.
Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi
Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke
Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”
Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin
Kanadada 150 dan ortiq yongʻinlar nazoratdan chiqib ketdi
Yongʻinlar Saskatchevan va Manitobada avj olib bormoqda. Bunda iqlim oʻzgarishlari oʻtning kuchayishiga zamin yaratgan. Manitobaning oʻzida oʻrmon yongʻinlarining 22 ta yirik oʻchogʻi qayd etilgan. Ularning bittasi Flin-Flon shahri yaqinida kuchayib, qariyb 20 ming gektar hududni egallagan.Hozirda ikki provinsiyada ham favqulodda holat eʼlon qilinib, evakuatsiya ishlari ketmoqda. Koʻchirilganlar soni 17 mingga yaqinlashgan va bu soʻnggi yillardagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.Kan
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan