calendar 18 Apr 11:08
eye 100
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

image
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.

Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiqqan

Hodisa oqibatida mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Oʻzbekiston fuqarosi, 1987-yilda tugʻilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan. 5 nafar oʻzbekistonlik (1968-yilda tugʻilgan haydovchi, shuningdek, yoʻlovchilar ' 2005 va 1991-yillarda tugʻilgan ikki erkak hamda 1980 va 2002-yillarda tugʻilgan ayollar) turli jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

'Holat Bosh konsulxona nazoratida. Vafot etgan fuqaroning jasadini vatanga qaytarish ishlari boshlangan, jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilmoqda', deyiladi Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
144
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri

13 May 14:38
 
154
0
xs.uz

Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc

13 May 14:38
 
141
0
xs.uz

AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi

Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram

13 May 14:38
 
130
0
xs.uz

Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku