calendar 31 May 08:50
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

image
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.

Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parlamentida Britaniya qiroli Charlz III mamlakat suvereniteti haqida qilgan nutqidan soʻng yangradi.

Kanada bosh vaziri Mark Karni esa CBC telekanaliga bergan intervyusida mamlakat 1-iyulgacha 'Qayta qurollanayotgan Yevropa' loyihasiga qoʻshilishga umid bildirib, AQSH qurollariga boʻlgan qaramlikni kamaytirishni maqsad qilganini aytdi.

Tramp 'Oltin Gumbaz' loyihasi qiymatini taxminan 175 milliard dollar deb baholadi va uni 2029-yilgacha toʻliq amalga oshirishni rejalashtirganini maʼlum qildi. U dastlabki 25 milliard dollarni 'Katta, goʻzal qonun loyihasi' orqali taʼminlashni koʻzlamoqda. Mazkur qonun Respublikachilar nazoratidagi Vakillar Palatasida qabul qilingan boʻlib, hozirda Senat muhokamasi kutilayotir.

Qonun harbiy va chegara xavfsizligi xarajatlarini oshiradi, ammo tibbiy yordam va oziq-ovqat kabi ijtimoiy dasturlarning mablagʻlarini qisqartiradi.

'Oltin Gumbaz' Isroilning 'Temir Gumbaz' tizimiga asoslangan. Isroil maydoni AQSHning Nyu-Jersi shtatiga teng boʻlsa-da, AQSH boʻylab bunday tizimni qanday kengaytirish rejalashtirilgani hali aniq emas. Shuningdek, 'Temir Gumbaz' qisqa masofali (1000 km gacha) raketalarni tutishga moʻljallangan, AQSH esa asosan uzoq masofali ballistik va gipertovushli raketalar tahdidiga duch keladi.

Tramp oʻtgan hafta birinchi marta kosmosga qurol joylashtirish boʻyicha batafsil rejalarini ochiqlagan edi. Bu reja Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya tomonidan tanqid qilindi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning bu tashabbusni 'kosmosni jang maydoniga aylantirish va xalqaro xavfsizlikka tahdid' deb baholadi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa 'Global raketaga qarshi mudofaa tizimi strategik barqarorlik poydevorini yemiradi', ' deya bayonot berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
4
0
xs.uz

Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy

17 May 21:47
 
286
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

17 May 21:47
 
25
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

17 May 21:47
 
28
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili