Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.
Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyilgan. Taʼkidlanishicha, ushbu mamlakatlarning Amerika Qoʻshma Shtatlarida qonuniy doimiy rezidentlari va amaldagi vizalar egalari uchun istisnolar mavjud. Davlatlar roʻyxati AQSH Davlat departamenti tomonidan yanvar oyidan beri oʻtkazilgan tahlil asosida tuzilgan.
Burundi, Kuba, Laos, Serra-Leone, Togo, Turkmaniston va Venesuela fuqarolariga qisman taqiq joriy etildi. Ularga tashrif va talaba vizalari berilmaydi. Biroq, ishlash yoki amerikalik qarindoshlar bilan uchrashish uchun vizalar oʻz kuchida qoladi.
Donald Trampning soʻzlariga koʻra, Kolorado shtatining Boulder shahrida yahudiy faollariga qarshi uyushtirilgan antisemit hujum ushbu chora-tadbirlarga sabab boʻlgan.
Oʻshanda xotini va bolalari bilan AQSHda noqonuniy yashab kelgan 45 yoshli Misr fuqarosi 'Falastinga ozodlik!' deb hayqirgancha olomon orasiga molotov kokteyli uloqtirgan edi. 'Associated Press' xabariga koʻra, ushbu hujum oqibatida 15 kishi tan jarohati olgan.
'Biz XXI asrda butun dunyo boʻylab xavfli joylardan kelgan, muddati oʻtgan vizasi boʻlgan xorijliklar tomonidan sodir etilgan terrorchilik xurujlarini koʻrdik va koʻrishda davom etmoqdamiz', ' deydi AQSH prezidenti. Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakatda bunday odamlar millionlab bor.
Tramp teraktlar haqida gapirar ekan, 'Yevropada sodir boʻlgan voqealar AQSHda boʻlishiga' yoʻl qoʻymasligini aytdi. Shu oʻrinda u taqiqlangan davlatlar roʻyxatiga yangi davlatlar qoʻshilishi mumkin, deya tahdid ham qildi.
Donald Tramp oʻzining birinchi prezidentlik muddati davomida Kuba, Chad, Eron, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Suriya, Venesuela va Yaman fuqarolariga ham xuddi shunday taqiq qoʻygan edi. Bu chora Jo Bayden tomonidan bekor qilingandi. Bu safar Shimoliy Koreya va Suriya toʻliq yoki qisman taqiqga kiritilmagan.
Trampning soʻzlariga koʻra, bu chora uning birinchi muddatida 'juda muvaffaqiyatli' boʻlgan va AQSHda teraktlarning oldini olgan.
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan