calendar 15 Jun 10:46
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda

image
Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.

Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinch maqsadlarni koʻzlaganini taʼkidlab kelgan Eron qasos olishga vaʼda berdi.

'Bugun tongda sionistik rejim shaytoniy, qonli qoʻllari bilan aziz yurtimizda jinoyat sodir etdi. Bu rejim qattiq jazoni kutishi kerak. Allohning marhamati bilan Islom Respublikasi Qurolli kuchlarining qudratli qoʻli ularni jazosiz qoldirmaydi. Sionistik rejim bu jinoyati bilan oʻzi uchun achchiq, alamli taqdirni tayyorlab qoʻydi, uni albatta koʻradi', ' dedi Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy.

Isroil Tehronning javob raketalari va uchuvchisiz samolyotlari zarbalarini kutib, favqulodda holat eʼlon qildi.

Eronning IRNA davlat axborot agentligi xabariga koʻra, hujum oqibatida mamlakatning bir qancha yuqori lavozimli qoʻmondonlari va yadro dasturi ustida ishlayotgan olimlari halok boʻlgan. Jumladan, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi bosh qoʻmondoni Husayn Salomiy, Eron qurolli kuchlari qoʻmondoni oʻrinbosari ' 'Xatam-al-Anbiya' markaziy shtabi qoʻmondoni, general Gʻulom Ali Rashid hamda yadro dasturi ustida ish olib borayotgan olimlar ' fizik Muhammad Mahdiy Tehronchi va atom energetikasi boʻyicha tashkilot rahbari Fariddun Abbos Davoniy hayotdan koʻz yumgan. Shuningdek, zarbalar oqibatida Eron qurolli kuchlari birlashgan shtab bosh qoʻmondoni general Muhammad Bagʻiriy ham halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Tehronda tinch aholi vakillaridan kamida oʻn kishi halok boʻlgan. Bundan tashqari, kamida 50 kishi tan jarohati olgan, ulardan 35 nafarga yaqini ayollar va bolalardir. Bu haqda Eron davlat televideniyesi boshlovchisi jonli efir vaqtida aytib oʻtdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Eron Isroilning hujumga qarshi javob operatsiyani boshlagan. Islom Respublikasi 100 ta uchuvchisiz uchoqni yahudiy davlatiga qarata uchirgan.

Isroilning ushbu hujum xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin norozilik bilan kutib olindi.

Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterreshning Matbuot kotibi 'Bosh kotib Yaqin Sharqdagi har qanday harbiy kuchayishni qoralaydi. U, ayniqsa, Isroilning Erondagi yadroviy inshootlarga hujumidan xavotirdahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Bosh kotib har ikki tomonni har qanday holatda ham chuqurroq mojaroga, mintaqa chidashi mumkin boʻlmagan vaziyatga tushib qolmasligi uchun maksimal darajada vazmin boʻlishini soʻraydi', ' deya bayonot berdi.

'Bugun tunda Isroil Eronga qarshi bir tomonlama chora koʻrdi. Biz Eronga qarshi zarbalarda ishtirok etmaymiz va bizning eng muhim vazifamiz mintaqadagi AQSH kuchlarini himoya qilish. Ochigʻini aytaman: Eron AQSH manfaatlarini yoki xodimlarini nishonga olmasligi kerak', ' dedi AQSH Davlat kotibi Marko Rubio.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroilni himoya qilishga vaʼda berdi.

'AQSH prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan javob hujumiga uchragan taqdirda mamlakat Isroilni himoya qilishga vaʼda berdi', deb yozmoqda 'Fox News'. Nashr muxbiri Oq uy rahbari bilan bu borada telefon orqali gaplashgan.

Tramp Isroilning zarba berish rejasini oldindan bilgan, biroq Vashington hech qanday harbiy jihatdan aralashmagan.

'Avstraliya Isroil va Eron oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishidan xavotirda. Bu allaqachon beqaror boʻlgan mintaqani yanada beqarorlashtirish xavfini tugʻdiradi. Biz barcha tomonlarni keskinlikni yanada kuchaytiradigan harakatlar va ritorikadan tiyilishga chaqiramiz. Biz barchamiz Eronning yadroviy va ballistik raketa dasturlari tahdidi xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotganini tan olamiz va barcha tomonlarni muloqot va diplomatiyaga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz', ' dedi Avstraliya tashqi ishlar vaziri Vong Penni.

'Bu Yaqin Sharqdagi haqiqatdan ham nomaqbul voqea. Hisob-kitoblarni notoʻgʻri qilish xavfi yuqori. Mintaqa keyingi harbiy harakatlarga va u bilan birga keladigan xavflarga muhtoj emas', ' deydi Yangi Zellandiya Bosh vaziri Kristofer Lakson.

'Yaponiya vaziyatning yanada yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha zarur diplomatik saʼy-harakatlarni amalga oshirishda davom etmoqda, shu bilan birga Yaponiya fuqarolarining himoyasini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻradi', ' dedi Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosimasa Xayasi.

'Oʻmon bu harakatni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, xalqaro huquq tamoyillarini qoʻpol ravishda buzuvchi xavfli, oʻylamasdan kuchayish deb hisoblaydi. Bunday tajovuzkor, qatʼiy xatti-harakatlar qabul qilib boʻlmaydigan va mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni yanada beqarorlashtiradi. Oʻmon Sultonligi Isroilni ushbu keskinlashuv va uning oqibatlari uchun javobgar deb hisoblaydi va xalqaro hamjamiyatni ushbu xavfli harakatni toʻxtatish uchun qatʼiy va aniq pozitsiyani egallashga chaqiradi' ' dedi Oʻmon Sultonligi munosabatida.

'Indoneziya Isroilning Eronga hujumini keskin qoralaydi. Hujum mavjud mintaqaviy taranglikni kuchaytirishi va potensial ravishda kengroq mojaroga sabab boʻlishi mumkin. Barcha tomonlar maksimal darajada vazmin boʻlishi va keskinlikni kuchaytiradigan yoki keyingi beqarorlikka olib keladigan har qanday harakatlardan qochishi kerak' ' deyiladi Indoneziya tashki tishlari vazirligining rasmiy munosabatida.

'Saudiya Arabistoni Isroilning qardosh Eron Islom Respublikasiga nisbatan uning suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazuvchi, xalqaro qonunlar va meʼyorlarni ochiqdan-ochiq buzuvchi ochiq-oydin tajovuzini keskin qoralaydi', ' deyiladi Saudiya Arabistoni munosabatida.

Rossiya Federatsiya kengashi spikeri oʻrinbosari Konstantin Kosachev Isroilning Eronga bergan zarbalarini hech narsa bilan oqlab boʻlmaydigan dedi. Senatorning taʼkidlashicha, Tehronning javobi muqarrar va mamlakatlar oʻrtasidagi keskinlashuv yuqoriga qarab davom etadi.

'Isroilning harakatlarini huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi', ' deydi Kosachev.

'Isroilning Eronga zarba bergani haqidagi xabarlar xavotir uygʻotmoqda va biz barcha tomonlarni orqaga chekinishga va keskinlikni zudlik bilan pasaytirishga chaqiramiz. Eskalatsiya mintaqadagi hech kimga foyda keltirmaydi. Endi vazminlik, xotirjamlik va diplomatiyaga qaytish vaqti', ' deydi Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
18
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

17 May 21:47
 
47
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

17 May 21:47
 
51
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

08 Jun 02:27
 
19
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq