Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi

Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib, savdo va ko'ngilochar markazi, biznes markazi, mehmonxona va zamonaviy turar joylarni o'z ichiga olgan. Bunga 510 million dollar to'liq xorijiy investitsiya yo'naltirilgan.
Davlatimiz rahbari savdo markazidagi zamonaviy tijorat va xizmat turlarini ko'zdan kechirdi. 4 qavatli binoda savdo do'konlari, jumladan, mashhur brendlarning shoxobchalari ochilgan. Restoran va kafelar, ko'ngilochar o'yingohlar, sport maydonlari, kinoteatrlar el xizmatida. Yer ostida avtoturargoh bor.
Bir so'z bilan aytganda, bu yerda odamlar savdo qilishi, dam olishi, sport bilan shug'ullanib, vaqtini chog' o'tkazishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Majmua bir kunda 5 ming kishiga xizmat ko'rsatish quvvatiga ega. Unda 1 ming 500 kishi ish bilan ta'minlandi.
Prezidentimiz majmuaning iqtisodiy ahamiyati va aholi uchun qulayligini e'tirof etib, investor va tadbirkorlarga ko'mak berish bundan keyin ham davlatimiz siyosatining strategik yo'nalishi bo'lib qolishini ta'kidladi. Milliy mahsulotlarimizni brendga aylantirish, ularni tashqi bozorlarda tanishtirish bo'yicha mutasaddilarga ko'rsatmalar berdi.
Savdo markazida shinam kitob do'koni ham ochilgan. Shavkat Mirziyoyev bu tashabbusni olqishlab, metro bekatlari, kutish joylarida ham mo'jaz kitob do'konlari tashkil etish maqsadga muvofiqligini aytdi.
Davlatimiz rahbari o'yin maydonchasidagi bolajonlarni ko'rib, samimiy mehr-e'tiborini izhor etdi. Bugungi barcha sa'y-harakatlar mamlakatimiz kelajagi uchun qilinayotgani, buning uchun bolalar yaxshi o'qib, aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirib borishi kerakligini ta'kidladi.
Yaqinda 24 qavatli, besh yulduzli mehmonxona ham barpo etilishi rejalashtirilgan. Unda 250 ta xona bo'lib, bir vaqtning o'zida 430 kishiga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Katta va kichik konferensiya zallari, suzish havzalari, restoran va do'konlarda zamonaviy qulayliklar yo'lga qo'yiladi.
Davlatimiz rahbariga shu yerda quriladigan zamonaviy uy-joylar loyihasi taqdimot qilindi. Unga ko'ra, 1 ming 500 ta xonadondan iborat 28 ta ko'p qavatli uy bunyod etiladi. Majmua hovlisi avtomobillar uchun yopiq va yashil hudud bo'ladi. Bolalar bog'chasi, o'yin maydonchasi, tennis korti, yerosti avtoturargoh tashkil etiladi. Majmua hududi to'liq Wi-Fi bilan qamrab olinadi hamda binolarda shovqinsiz liftlar o'rnatiladi.
Toshkent shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalari ham ko'rib chiqildi. Ma'lumki, Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish rejalashtirilgan. Prezidentimiz avval taqdim qilingan loyihalarni qayta ko'rib chiqish, boshqa muqobil takliflar kiritish bo'yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga ko'ra, Buyuk ipak yo'li metrosidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.
Yana bir loyihaga ko'ra, Bektemir tumanida Chirchiq daryosi yaqinida ko'p qavatli uylar, savdo va xizmat binolari qurish ko'zda tutilgan. Buning natijasida tumanda urbanizatsiya jadallashib, yangi markaz paydo bo'ladi.
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma