calendar 18 Jun 21:55
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning munosib taʼlim-tarbiya olishiga, balki ularning ota-onalariga ham katta ijtimoiy yordam boʻladi.



' Samarqand shahrida ochilgan maskan 'Sabrina saxovati' deb nomlandi. Unda 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash, tengdoshlari bilan muloqotda boʻlishi, reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha sharoit va qulaylik bor, ' dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Sardor Luqmonov. ' Muassasa 18 oʻringa moʻljallangan, malakali mutaxassislar tomonidan gidrovanna, massaj, logoped, surdo pedagog, defektolog, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, umumiy mehnat va musiqa darslari, ipoterapiya kabi 12 turdagi faoliyat olib boriladi. Bu esa bolajonlarning tezroq sogʻayishi va yaxshi natijalarga erishilishini taʼminlaydi.

Urgut tumanidagi Mustaqillik mahallasi hududida tashkil etilgan shunday muassasada ham nogironligi boʻlgan bolalarni parvarish qilish va tarbiyalash uchun qulay sharoit yaratildi. Bu maskan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bor 36 nafar bolalarni parvarishlayotgan ota-onalarga mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etish va oila aʼzolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalarning oila qaramogʻida qolishini taʼminlash imkonini beradi.

Toyloq tumanidagi Chorogʻbon mahallasida ham tadbirkor Xursanoy Ashurova tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil etildi.



' Ushbu muassasamizda bolajonlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun barcha sharoit va qulaylik yaratilgan, ' deydi X. Ashurova. ' Kelgusida bu kabi yangi loyihalarning koʻlami yanada kengayib, aholining turmush sharoitini oshirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, tuman hokimligi masʼul xodimlari, mahallalar faollari, kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanish xohishini bildirgan ota-onalar farzandlari bilan birga kelib, ushbu maskanlardagi shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
47
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

01 Jun 03:47
 
107
0
xs.uz

Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ

01 Jun 03:47
 
114
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga