calendar 09 Mar 06:33
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda tez tibbiy yordam xodimlari bemorni podyezdga tashlab ketmoqchi boʻldi. SSV bunga izoh berdi

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida tez tibbiy yordam xodimlari bemorni 4 soat olib yurib, soʻng podyezdga tashlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, fuqaro M.B. (1953-yilda tugʻilgan, uyi va aniq yashash manzili yoʻq) nomiga 2025-yil 23-fevraldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatiga bir necha marotaba murojaatlar qayd qilingan va har safar unga tibbiy xizmatlar koʻrsatilgan.

Bundan tashqari, M. B. 4-son va 1-son shahar klinik shifoxonalariga bir necha marta olib borilgan. Jumladan, 6-martning oʻzida uning nomidan 4-marta chaqiruv uyushtirilgan va hammasida tibbiy xizmatdan foydalangan.

6-mart kuni soat 10:53 da Boʻzsuv 1/21 manziliga shu yerda yashovchi fuqaro tomonidan chaqiriq berilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi oʻz vaqtida yetib borib, bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi. Soʻngra u 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Qabul boʻlimida shoshilinch holat inkor qilingach, u yashash manzili aniq boʻlmagani uchun 102 xizmatiga xabar berilib, olib ketilgan manzilga keltirib qoʻyilgan.

'Keyingi chaqiriq esa soat 13:34 da Boʻzsuv 1/21 manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oshirilgan. Voqealar rivoji deyarli bir xilda davom etadi, faqat yakunda bemor bu safar yashash manzilini Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 421-uy deb koʻrsatgani sababli tibbiy brigada tomonidan Call-markaz katta shifokori hamda 112 va 102 xodimlari bilan gaplashilib, aytilgan manzilga keltirib qoʻyilgan', deyiladi munosabatda.

Qayd etilishicha, soat 19:48 da Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 421-uyga yoʻlovchi fuqaro tomonidan navbatdagi chaqiruv boʻladi. Tez tibbiy yordam brigadasi oʻz vaqtida yetib boradi. Bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi. Shoshilinch holat inkor qilinib, u manzilning oʻzida qoldiriladi.

Toʻrtinchi chaqiruv kechki payt soat 20:31 da Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 421-uy manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oshirilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi tezkor ravishda vaqtida yetib boradi va joyida bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi.

IIB xodimi taklifi bilan yana qaytadan 1-shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Qabul boʻlimida mutaxassis tomonidan qoʻyilgan oʻng tomonlama sut bezining yiringli yarasi tashxisi asosida qabul boʻlimida qoldirilgan.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.B. ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialida rejali ravishda muolajalar olmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
33
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
59
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.