Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati toʻliq shu qadrdon gazeta bilan bogʻliq. Gap shundaki, ikki kursdosh oila qurib, Xadichaxon opa qoʻshni Qirgʻizistonning Oʻshidan Fargʻonaga kelin boʻlib keldi. Ellik ikki yil davomida ushbu tahririyatda faoliyat olib bordi. Turmush oʻrtogʻi Mutal Karimov bilan maslakdosh sifatida sidqidildan mehnat qildi. Umida ham ota-ona kasbini tanlab, koʻp yillar davomida mazkur gazetada ishladi. Fargʻona ahli Karimovlar oilasini jurnalistlar sulolasi sifatida eʼtirof etadi.
Qoʻshtepa tumanida matbuot faxriysi Xadichaxon Karimovaning ijodiy kechasi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari ishtirok etib, esdalik sovgʻasini topshirdi.
' Bunday eʼtibor va ragʻbat ijodkorga ilhom bagʻishlaydi, ' deydi Xadichaxon Karimova. ' Hayotbaxsh islohotlar jarayonida bundan buyon ham xalqimizning toʻkis va baxtli hayoti, yurt ravnaqi yoʻlida sidqidildan mehnat qilaman.
Ijodiy kechada matbuot fidoyisining ezgu fazilatlari eʼtirof etilib, viloyat faollari, bir safda yelkama-yelka ishlagan qadrdonlar, hamkasblar va shogirdlar oʻz dil soʻzlarini izhor etishdi. Fargʻonalik ijodkorlarning kitoblari koʻrgazmasi tadbirga oʻzgacha fayz kiritdi.
Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlas
Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'
Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli
Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil etildi
2025-yil 27-fevral kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar oʻtkazdi.Tadbirda senatorlar, ekspertlar, mahalliy Kengashlar kotibiyati va doimiy komissiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Seminarda mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini kuchaytirish, qonunlarni ishlab chiqish v