calendar 06 Mar 16:11
eye 103
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hazrati Usmon Qur’onining 120-yil avvalgi faksimile nusxalari o‘rganilmoqda

image
Muzey vakili xorijiy hamkor sifatida Markaz xodimlari bilan yaqindan faoliyat olib bormoqda. Mehmon markaz xodimlari bilan O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi tarixi bilan bog'liq manbalarni, shuningdek, mazkur qo'lyozmaning 1905-yilda Rossiyada chop etilgan 50 ta faksimile nusxasining tarqalish geografiyasini o'rganmoqda.

'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi misli ko'rilmagan loyiha bo'ldi, deb o'ylayman. Bu yerga tashrif buyurishimizdan maqsad ' xalqaro ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish. 3 kun davomida turli muzeylarda bo'ldik, eksponatlar bilan tanishdik. Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyasi bo'limi loyihasini tugatdik, endi amaliyotga tadbiq etib, ekspozitsiya tashkil qilishni boshlasak ham bo'ladi. Bu jarayonda biz O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj va Din tarixi muzeylari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz', ' dedi Din tarixi muzeyi vakili Irina Osmanova.

Ma'lumki, O'zbekistonda saqlanayotgan Hazrati Usmon mus'hafi Qur'oni Karimning eng qadimgi nusxalaridan biri sanaladi. Buyuk sahobalardan biri Usmon ibn Affon (r.a.) '647-yilda Qur'oni Karimdan bir nechta nusxa ko'chirtirib, uni turli mintaqalarga yuborganlar. O'sha nusxalardan birining yurtimizga kelib qolishi haqida turli ma'lumotlar bor. Bu mus'haf XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar Samarqandda, Xoja Ahrori Valiy masjidida saqlangan.'

Samarqand Chor Rossiyasi qo'shinlari tomonidan bosib olingach, 1869-yil may oyida Mus'haf Turkiston bosh gubernatori general fon Kaufman buyrug'iga binoan Sankt-Peterburgga jo'natilgan. 1922-yil avgust oyiga kelib, bu muborak kitobni Turkiston musulmonlarining talabi bilan Toshkentga qaytarishga muvaffaq bo'lindi. Hozirda Hazrati Usmon mus'hafi Hazrati Imom majmuasidagi 'Mo'yi muborak' masjidida saqlanmoqda. Mus'haf Rossiyada turgan vaqti, ya'ni 1905-yilda uning 50 ta faksimile nusxasi chop etilgan va turli shaharlarga yuborilgan.'

Mazkur zalda 120-yil avval chop etilgan ana shu faksimile nusxalarining tarqalish xaritasi ham o'rnatiladi. Hazrati Usmon Qur'oni O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ishga tushirilgach, uning 'Qur'on zali'dagi maxsus ayvonchada, marmar lavh ustidan joy olishi ko'zda tutilmoqda. Ushbu zalda Qur'onning qadimiy nusxalari ham sayyoh va ziyoratchilar e'tiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi

15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga

31 May 08:49
 
29
0
xs.uz

O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi

Avvallari, koronar arteriyalar (yurak qon tomirlari) chuqur va ko'p joydan zararlangan bemorlarda mini invaziv jarrohlik usullarini amalga oshirish deyarli imkonsiz edi. Ammo, endi buning imkoni bor. Markazda amerikalik shifokorlar bilan birgalikda o'zbekistonlik kardiojarrohlar tomonidan qon tomirlardagi kalsiyli to'planmalarni xavfsiz tarzda parchalash imkonini beruvchi innovatsion lazerli litotripsiya usuli amalga oshirildi va qon aylanishini tiklaydigan stentlar muvaffaqiyatli o'rnatildi.Alb

13 May 14:37
 
69
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a