O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi

Albatta, bunday zamonaviy jarrohlik amaliyotlarining muvaffaqiyatli o'tkazilishi mamlakatimiz tibbiyoti yil sayin rivojlanib, xalqaro standartlar darajasiga chiqib borayotganining yaqqol isbotidir.
'' Mazkur yuqori innovatsiyaga asoslangan jarrohlik amaliyoti mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimi uchun muhim tarixiy voqeadir, ' deydi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Xurshid Fozilov. ' Bugungi jarrohlik amaliyoti bu shunchaki tibbiy yutuq emas, balki o'zbek yurak jarrohligi rivojlanishida yana bir muhim qadamdir. E'tiborga molik jihati markazimizda faoliyat olib borayotgan malakali jarrohlarimiz zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashda yuksak professionallik ko'rsatdi, amerikalik mutaxassislar bilan yelkama-yelka turib ishladi. Biz faqat yangi tajribani o'rganish bilan cheklanmayapmiz, balki uni chuqur o'zlashtirib, amaliyotda samarali qo'llayapmiz. Shuni ishonch bilan ayta olmanki, Yangi O'zbekiston bugungi kunda zamonaviy yurak jarrohligi sohasida nafaqat ilgarilamoqda, balki mintaqaviy yetakchiga aylanish sari dadil qadam tashlayapti, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Masalaning yana bir muhim jihati, litotripsiya jarrohlik amaliyoti o'quv-amaliy klinik dastur doirasida amalga oshirildi. O'zbekistonlik shifokorlar nafaqat amaliy ko'nikma oldi, balki jahondagi ilg'or mutaxassislardan bevosita tajriba o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bu esa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini nafaqat milliy, balki mintaqaviy miqyosda ham jozibador va ishonchli davolash maskaniga aylantirishga xizmat qiladi. Asosiysi, endi fuqarolarimiz yuqori malakali, xalqaro standartlarga javob beradigan shu kabi jarrohlik amaliyotlari tibbiy xizmatlarni xorijga chiqmasdan, O'zbekistonning o'zida olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kadiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o'z faoliyatida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilg'or texnologiyalarni faol joriy etishga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Bunday tashabbuslar nafaqat inson hayotini saqlab qolishga, balki mamlakatda tibbiy xizmat sifatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Umuman, keyingi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda tibbiyoti rivojlangan davlatlardagi kabi eng ilg'or innovatsion taraqqiyotga erishish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Ushbu keng ko'lamli islohotlar natijasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham zamonaviy jarrohlik usullari va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasida yangi bosqichga ko'tarildi va mintaqada yetakchi markazlardan biriga aylanmoqda.
'Xalq so'zi'.
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k