calendar 24 Mar 13:25
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

image
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o'tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o'tkazish ta'minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Ma'lumot uchun: proaktiv davlat xizmati ' jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko'rsatiladigan xizmatlar.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatlarini ko'rsatuvchi vakolatli organlarning mas'ul xodimlariga davra suhbati o'tkazilib, unda proaktiv shaklda davlat xizmati ko'rsatish tartibi va muddatlari hamda ushbu davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
24
0
xs.uz

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 mln dollarlik grant shartnomasini tuzdi

Ushbu tadbir taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan boʻlib, uning ilk kunidayoq Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.Bundan tashqari, 'Global Partnership for Education''tomonidan ham taʼlim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha Oʻzbekiston boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi

Turkiyada shu kunlarda boʻlayotgan turli norozilik namoyishlari va ommaviy yigʻilishlar sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni'ehtiyotkorlikka chaqirdi.Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.Xavfsizlikn

21 Apr 08:33
 
25
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari