Turkiyadagi oʻzbekistonliklardan mitinglar va provokatsion fikrlardan uzoqroq boʻlish soʻraldi

Maʼlumotlarga koʻra, Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda 'provokatsion postlar' joylashtirgan 261 kishini aniqlagani va 37 kishini hibsga olgan.
'Sizni ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz', deyiladi konsulxona bayonotida.
Xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagilarga amal qilish soʻralmoqda:
'Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim! Iloji boricha ehtiyot boʻling va huquq-tartibot idoralarining koʻrsatmalariga rioya qiling', deb yozadi konsulxona matbuot xizmati.
Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi
Turkiyaning qator shaharlarida minglab turklar Istanbul meri Akrom Imomoʻgʻli hibsga olingani sababli norozilik'bildirmoqda.
Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.
Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repressiyalar toʻlqinining bir qismi boʻlib, soʻnggi haftalarda oʻnlab muxolifatchilar, jurnalistlar, sanʼat arboblari hibsga olingan. Ularga shubhali ayblovlar qoʻyilgan.
Kelayotgan yakshanba kuni partiya Imomoʻgʻlini Erdogʻanga qarshi prezidentlikka nomzod sifatida rasman koʻrsatishni rejalashtirgan edi. Bu 2003-yildan bosh vazir 2014-yildan buyon prezidentlik kursisida oʻtirgan amaldagi Turkiya rahbarini hokimiyatdan chetlatishning dastlabki qadami sifatida qaralayotgandi.
Imomoʻgʻli tarafdorlarini qarshilik koʻrsatishga chaqirdi. 'Odamlarning irodasini qoʻrqitish va noqonuniy xatti-harakatlar bilan bostirish mumkin emas', degan siyosatchi.
Respublika xalq partiyasi rahbari Oʻzgʻur Oʻzel Imomoʻgʻli hibsga olinganiga qaramay prezidentlikka nomzod boʻlishini eʼlon qildi. Siyosatchining oʻzi huquq va erkinlik uchun kurashni davom ettirishga vaʼda bergan. Bir necha kun oldin Istanbul universiteti siyosatchining diplomini bekor qilgan edi. Bu uning saylovlarda ishtirok etishini cheklaydi.
Shahar hokimligi tashqarisida yuzlab odamlar toʻplanishib, merning ozod boʻlishini talab qilmoqdalar. Erdogʻan hukumati vaziyatni yumshatish uchun namoyishlar oʻtkazishni taqiqlab qoʻydi. Ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar kiritdi. Istanbulda ikkita metro liniyasi yopildi, blokpostlar oʻrnatildi. Jurnalist Eren Guverchin 'Bild' nashriga Erdogʻan muxolifat bilan har qachongidan ham qattiqroq kurashayotganini aytdi.
2019-yilda u Istanbul meri sifatida saylovda gʻalaba qozonganida ham Erdogʻan partiyasi uni saylovlarni soxtalashtirishda aybladi. Takroriy ovoz berishda Imomoʻgʻli 800 mingdan koʻproq ovoz olgan.
Shuningdek, mer hibsga olingandan soʻng, Istanbul birjasidagi savdo vaqtincha toʻxtatildi. Birjaning asosiy indeksi deyarli 7 foizga tushib ketdi. Lira rekord darajada pastlagan.
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha
“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi
'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da
Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.
Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira