calendar 31 May 08:49
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Har mavsumda shu boʻlar takror...

image
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman.

Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va har yili pishiqchilik mavsumida shu holat takrorlanaveradi. Uzoqqa bormaylik, poytaxtimiz koʻchalari boʻylarida ekilgan mevali daraxtlar hosilga kirgan pallani koʻz oldingizga keltiring: shirin-shakar mevalar yer bilan bitta boʻlgan, oyoqosti qilingan... Negadir bunga oʻtgan ham, qaytgan ham eʼtibor bermaydi.

Hozir Toshkent shahrining qoq markazidagi koʻchalaridan birida sayr qilib, xuddi shunday manzaraga duch keldim. Oʻrik daraxti hosili koʻpligidan shoxlari egilib qolgan. Pishib yetilgan mevalari ostiga duv-duv toʻkilyapti. Bozor rastalarida, supermarketlarda falon pulga sotilayotgan oʻrikdan aslo kam joyi yoʻq. Lekin bu bebaho neʼmat shu yerdan oʻtayotgan yoʻlovchilar oyoqlari-yu mashinalar ostida toptalayotgani achinarlidir.

Kuni kecha vodiydan kelgan qadrdon doʻstim ham shu haqda gapirib qoldi. Uning kuyinganicha bor, albatta.

Oʻylab qolaman, odamlarga nima boʻlyapti oʻzi? Nega bunchalik beparvomiz? Yo bu toʻqlikka shoʻxlikmikan? Ehtimol, yoʻl boʻyidagi mevani terib olishga hozirgi yoshlarning gʻururi yoʻl bermas. Ammo yoshi katta nuroniylar, mahalla faollari-chi? Nega ular jim? Nima uchun sukut saqlashadi? Hech boʻlmasa, yosh avlodga uvolning zararini uqtirishmaydimi?

Vaholanki, Yaponiyada oʻrik qoqisi, jaydari aytsak, turshak dorixonalarda dorivor neʼmat sifatida sotilar ekan... Chindan-da, oʻrik salomatlik qalqoni, mevalar sultoni! Tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sinoning 'Tib qonunlari' asarida keltirilishicha, oʻrik mevasi kishiga darmon bagʻishlaydi, kamqonlikka davo. Buyuk bobokalonimiz yurak-qon tomir va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda oʻrikdan foydalangan. Xafaqonda oʻrik magʻzidan damlangan choyni, nafas yoʻllari yalligʻlanishi, koʻkyoʻtal kasalligini tuzatishda magʻzini tavsiya qilgan.

Afsuski, ana shunday bebaho neʼmat shahar, hatto qishloq koʻchalarida ham yerga toʻkilib, axlatga aylanmoqda. Buning uchun hech kim masʼuliyatni boʻyniga olishni istamayotgani kishini oʻyga toldiradi.

Oʻylaymizki, keng jamoatchilik nazorati bilan mevalarning oyoqosti qilinishiga barham beriladi.

Bozorboy DAULANOV,

mehnat faxriysi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
102
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka

16 Apr 09:11
 
43
0
xs.uz

Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'

16 Apr 15:12
 
53
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz

14 Apr 06:18
 
68
0
xs.uz

Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va 'Lacetti' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida 'Lacetti'ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.Hozirda holat yuzasidan Toshken