IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish koʻzda tutilgan.
Asosiy vazifalardan biri ' ichki ishlar organlarining barcha axborot infratuzilmasini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida yagona tizimga birlashtirishdir. Bu orqali jinoyatlarni aniqlash va tahlil qilishda inson omilini kamaytirish, qarorlar qabul qilishda avtomatlashtirilgan algoritmlardan foydalanish mumkin boʻladi.
Shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha masʼul boʻlinmalarning faoliyati yagona boshqaruv tizimi va mexanizmi asosida muvofiqlashtiriladi. Mazkur boʻlinmalar tarkibida 'raqamli jamoa' shakllantirilib, ularning barcha harakati yagona strategiya doirasida olib boriladi.
Qarorga asosan, jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar statistikasi inson omilisiz, yaʼni avtomatlashtirilgan raqamli usullarda yuritiladi. Bu esa maʼlumotlarning aniqligi va tezkorligiga xizmat qiladi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.
Sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ichki ishlar bosh boshqarmalari tuzilmalarida yangi lavozim ' bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari ' Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika xizmati boshligʻi joriy etiladi. Ushbu tajriba orqali raqamli islohotlarning amaliyotdagi samaradorligi baholanadi va keyinchalik boshqa hududlarga tatbiq etilishi mumkin.
19-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
'Oʻzgidromet' 19-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 37-39html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylard
Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi
Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga
Tomdilik abituriyentlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetida tomdilik yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. 30 nafarga yaqin abituriyent jalb qilinib, ularga matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya, huquq, ona tili kabi fanlardan universitetning professor-oʻqituvchilari tayyorlov kurslarini oʻtishmoqda.' Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oli