calendar 15 Jun 10:46
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

image
Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.

Bolalarning 4 nafari 2015, 3 nafari 2017 va 2 nafari 2019-yilda tugʻilgan. Ular Rishton va Oltiariq tumanlaridagi maktab oʻquvchilari boʻlishgan. May oyi oxirida yashash uyida hujra tashkil qilgan shaxs oʻz xizmati evaziga bolalarning ota-onalaridan 500-600 ming soʻmdan haq olib kelgan.

Shuningdek, 10-iyun kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Bagʻdod tumani 'Navroʻz' MFYda yashovchi 1969-yilda tugʻilgan fuqaro ham oʻz uyida noqonuniy tarzda diniy taʼlim berayotgani fosh qilingan. Maʼlum qilinishicha, u oyiga bir million soʻm evaziga 17 nafar bolaga saboq berib kelgan.

Toshkent shahri, Andijon va Jizzax viloyatlaridan kelib hujrada tahsil olayotganlarning 11 nafari hali yosh bolalar boʻlgan.

Bundan tashqari, 11-iyun kuni Buvayda tumanida yashovchi shaxs ham noqonuniy diniy taʼlim berib kelgani aniqlandi. Mazkur shaxs uyida Qashqadaryo, Namangan viloyatidan boʻlgan 14 nafar voyaga yetmagan bolaga tasdiqlanmagan turli diniy adabiyotlardan foydalanib noqonuniy diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.

Hozirda hujra tashkil etgan shaxslar va noqonuniy saboq olgan bolalarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirib, sudlarga yuborilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
47
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

17 May 21:46
 
40
0
xs.uz

Shoirning ayoli boʻlish sharaf

Har buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdek shoirning jahon boʻylab obroʻ eʼtibor qozonishida uning ishonchli sirdoshi, eng mustahkam suyanchigʻi boʻlgan rafiqasi, mehnat faxriysi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyevaning xizmatlari beqiyos. Shoir sheʼrlarining birinchi tinglovchisi ham, qaygʻuli va quvonchli kunlarining yelkadoshi ham Xanifa aya boʻladi.Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga ko

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi

Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.

31 May 08:49
 
32
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga