Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga koʻp mehmonga borardik. Yurtimizning eng chekka qishloqlaridagi havaskorlardan tortib, davrimizning eng mashhur shoirlari, yozuvchilari va adabiyotshunoslarini ham shu muborak xonadonda koʻp uchratganmiz. Madhiyaga musiqa bastalagan Mutal Burhonovni ham ilk bor shu yerda koʻrganmiz. Tundan to tonggacha sheʼrxonliklar, adabiy gurunglar boʻlar, shoirning rafiqasi dasturxonga shirin taomlar keltirib, mehmonlarga qoʻshilib sheʼr tinglab oʻtirardi. Ardoqli shoirimiz bizga oʻrnak boʻlishi uchun ayaning pazandaliklarini maqtar, sizlar ham ayadan oʻrganinglar, derdilar. Abdulla Oripov nima desa, turmush oʻrtogʻi doim kayfiyatiga qarab, judayam ehtiyot qilardi. Tashqaridagi uncha-muncha gapni uyiga yoʻlatmas, noxush xabarlarni yetkazmaslikka harakat qilardi. Xonadonlarida doim ijodiy muhit hukmron edi. Shu xonadondan taralgan nur qalbimizni yoritib, shu muhtaram oilaga chuqur hurmat va havas uygʻotgan.
Eshitganmizki, Abdulla Oripovga madhiya yozish jarayonida Hanifa aya maslakdosh boʻlgan. Saralov uch bosqichdan iborat boʻlib, deyarli ikki yil davom etgan. Har bir bosqichda Abdulla akaning sheʼrlari yuqori oʻrinlarni egallab, tanlab olinganda hammadan koʻp rafiqasi suyungan.
Aya har doim madhiya yangraganda, hayajon bilan tinglaydi. Bu madhiya qattiq mehnat va ona yurtga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbat bilan yaralganini aytadi.
Davlat va jamoat tadbirlari, mushoiralarda shoirni ozoda va chiroyli kiyintirib, muxlislari oldiga kuzatib qoʻyardi. Shoirni chin dildan ardoqlardi, issiq-sovugʻiga qaramay, yaxshi kunlarida ham, yomon kunlarida ham doim yonida boʻldi. Betoblikda qogʻoz qoralashga madori yetmay qolganida, shoir sheʼrni ogʻzaki aytib tursa, turmush oʻrtogʻi qogʻozga tushirgan.
Ijodkor insonning ayoli boʻlish osonmas. Albatta, shoir hech kimga aytolmagan dardlarini turmush oʻrtogʻiga aytar, eng tahlikali vaziyatlarda ham ayoli shoirni himoya qilardi. Shoir uzoq yillar sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch kelganda ham Hanifaxon aya quvonchiga sherik, kezi kelsa, gʻamguzori boʻlib, har nafas yelkadosh boʻldi. Shoir 'Rafiqamga' nomli sheʼrini ham shu dono va mehribon ayolga bagʻishlagan:
Kezib olamni harchand-ki,
Seningdek yorni topolmasman.
Dilimni anglaguvchi oʻzga bir,
Dildorni topolmasman.
Hanifa aya mehmondoʻst, bagʻrikeng, oqibatli va maʼrifatli boʻlgani uchun ham haligacha shoirning vafoti, tugʻilgan kunlarida ham xonadonidan mehmonlarning qadami uzilmaydi. Har doim eshiklari ochiq. Hanifa opa bilan koʻrishsak yoki yonlarida yursak, xalqimizning shoir rafiqasiga boʻlgan yuksak ehtiromi tufayli eshiklar oʻz-oʻzidan ochilib ketadi. Ayajon, elimizning buyuk shoiriga koʻrsatgan xizmatlaringiz uchun sizni qancha eʼzozlasak, shuncha oz! Farzandlaringiz, nabiralaringiz baxtiga hamisha salomat boʻling! Ulugʻ shoirimiz aytganidek:
Shundaylar boʻlmasa agar dunyoda
Bu qadar muhtaram boʻlmasdi ayol!
Adiba UMIROVA,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
Hujjat bilan 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:Bunda 'mahalla yettiligi' tomonidan qoʻshimcha roʻyxat shakllantirilishida birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan o
Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi
Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan
Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi
Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi
Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman pro