calendar 17 May 21:46
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda

image
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.

Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

'Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida katta oʻzgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan koʻplab muammolar bor', dedi davlat rahbari.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga butun tizimi bilan 'favqulodda toʻqson kunlik' tartibida ishlashga oʻtish topshirildi.

'Taʼlimda sifat boʻlishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor boʻlishi kerak', dedi Prezident yigʻilishda.

Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi.

Nizomiy oliygohi ' Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning oʻzida kadrlar tayyorlash boʻyicha vazir oʻrinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga oʻtkazildi.

Pedagog, talaba va oʻquvchilar bilim va koʻnikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil boʻlgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilindi.

Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash boʻyicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
50
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

21 Apr 08:33
 
48
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

12 Apr 21:14
 
60
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari