calendar 14 Apr 06:18
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

image
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.

Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompaniyasi aviareysi bilan Oʻzbekistonga joʻnab ketgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga amaliy yordam koʻrsatilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, oʻtgan haftada Qozogʻistonning Olmaota shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 9 nafar oʻzbekistonlik bola'Vatanga qaytarilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
57
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

04 Apr 16:18
 
53
0
xs.uz

Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rga

23 Mar 16:43
 
49
0
xs.uz

Ertaga qay darajada issiq boʻladi? “Oʻzgidromet” ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

'Oʻzgidromet' 23-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.23-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi tumanlarda kuchli boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metr

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v