calendar 04 Apr 16:18
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

image
Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.

Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rganish nafaqat Sharq tabobati tarixini yoritish, balki Temuriylar, ayniqsa, Mirzo Ulug'bek davridagi ilm-fan rivoji va xalqaro ilmiy aloqalarni anglashga yordam beradi.

Hozirda O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Burhoniddin Kirmoniyning ilmiy faoliyatini tadqiq etish, uning asarlari bo'yicha muzey ekspozitsiyasi yaratish ustida ish olib bormoqda. Mavjud qo'lyozmalarning faksimile nusxalari tayyorlanib, ular markaz ekspozitsiyasidan o'rin oladi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
64
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi

Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

20 Mar 12:54
 
39
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi