Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Chorrahada oʻrnatilgan kameralar tasvirlarida mazkur avtohalokatning kelib chiqishiga 'Lacetti' avtomobili haydovchisining svetoforning qizil ishorasiga boʻysunmasdan harakatlangani sabab boʻlganini koʻrish mumkin.
Voqea joyiga zudlik bilan yoʻl-patrul xizmati xodimi safdor Dehqonov yetib borgan hamda belgilangan tartibga koʻra, haydovchilarni mastlik tekshiruvidan oʻtkizish uchun narkologik dispanserga olib borgan. Biroq ogʻzidan spirtli ichimlik hidi kelib turgan 'Lacetti' avtomobili haydovchisi tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortadi.
Shundan soʻng safdor Dehqonov haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 136-moddasi asosida maʼmuriy bayonnoma tuzish uchun haydovchini oʻsha yerda boʻlgan boshqa bir 'Nexia-2' avtomashinasi yordamida YTH sodir boʻlgan joyga olib borayotgan vaqtda 'haqiqiy tomosha' boshlangan.
Toʻsatdan 'Lacetti' avtomobili haydovchisining tanishlari paydo boʻlib, haydovchini jazodan qutqarib qolish maqsadida 'Nexia-2' avtomobilining oynalarini sindirib, yoʻl patrul xizmati xodimiga turli darajada, hatto qoʻllarini tishlab, uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Shundan soʻng, 'Nexia-2' haydovchisi ommaviy zoʻravonlikdan qutilish hamda shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomashinani harakatlantiradi. Ushbu YTH sababchisi 'Lacetti' avtomashinasining egasi boʻlgan ayol esa harakatdagi 'Nexia'ni toʻxtatib qolish hamda aybdor haydovchiga jazo qoʻllanilishiga qarshi chiqib, mashinaning old kapotiga osilib oladi.
'Hozirda holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda', ' deyiladi xabarda.
Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahi
Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar b