calendar 16 Apr 15:12
eye 60
comments 0
comments Manba: xs.uz

Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari

image
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.



Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahimov tomonidan ishga tushirilgan havo shari sarguzasht ishqibozlari uchun samo sayri imkoniyatini ham yuzaga keltirdi. Diametri 30 metrni tashkil etuvchi ushbu qurilmada yuz metrdan koʻproq balandlikdan Uchqoʻrgʻon zaminini tomosha qilish kishiga oʻzgacha adrenalin va sayyohlikning yangi qirrasi betakror zavqini tuhfa etadi.



' Sayyohlarni oʻziga tortadigan maskanlarimiz imkoniyatidan toʻliq foydalanishga harakat qilyapmiz, ' deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Rasulbek Madrahimov. ' Birgina joriy yil boshidan buyon hududimizga 160 ming nafardan ziyod mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgani buning tasdigʻidir. Ularning aksariyati diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilish barobarida oʻzlari tergan qulupnay mevasi, havzadan yangi tutilgan forel baligʻi taʼmidan bahramand boʻlib, manzillariga katta taassurot bilan qaytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
48
0
xs.uz

“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi

Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test

16 Apr 09:12
 
73
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

16 Apr 09:12
 
71
0
xs.uz

Prezident Bobur shahrida oʻtkazilgan tantanali marosimda nutq soʻzladi

Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda ko'klam nafasi kezib yurgan mana shunday fayzli kunlarda diydor ko'rishib turganimdan g'oyat mamnunman. Barchangizga o'zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.Hammangizga ma'lumki, inson qadrini ulug'lash, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta'minlash, shu asosda odamlarni hayotdan rozi qilish ' Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.Bugun jonajon Vatanimizning barcha viloyatlari, qishloq va ovullarida ana shu ulug' va

17 May 21:46
 
33
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan