calendar 31 May 08:49
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

image


Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.

Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.



Bugungi kunda mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimida (umumiy aholi sonining 33,3 foizi) 824 ta oilaviy shifokorlik punkti, 984 ta oilaviy poliklinika, 207 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 233 ta bolalar davolash-profilaktika muassasasi tomonidan 12,9 mln nafardan ortiq 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.



Respublika boʻyicha 4 247 oʻrindan iborat 13 ta hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etilgan.

Oʻtgan yilda respublika boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan bolalardan 11,2 mln nafari (95,5 foizi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 3,4 mln nafarida (28,8 foizi) turli xil kasalliklar aniqlangan. Kasalligi aniqlangan 3,1 mln bolalar (89,4 foiz) sogʻlomlashtirilgan.

2024-yil yakuniga qadar 1,3 mln 6'23 oylik bolalar mikronutriyent kukuni bilan toʻliq taʼminlangan.



Shu bilan birga, yalpi majlisda bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarida pediatr, neonatolog, ftiziopediatr, immunolog, bolalar jarrohi, oʻsmirlar pediatri kabi mutaxassislar yetishmasligi qayd etildi.

Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlariga hududlardan malakali mutaxassislar koʻrigiga yoʻllanmalar oshishi hisobiga boʻlayotgan yuklamalar ulardagi oʻrin fondiga hamda belgilangan normativ meʼyorlarga mos kelmaydi.



Shuningdek, ayrim hududlardagi Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida kardiojarrohlik boʻlimlari hamda chaqaloqlar jarrohligi boʻlimlari tashkil etilmaganligi, bolalarga xizmat koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalarining ayrimlarida moddiy-texnik holat talabga javob bermasligi hamda zamonaviy yuqori texnologik uskunalarga ehtiyoj mavjudligi taʼkidlandi.

Ushbu masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida Senat qarori qabul qilindi.



Foto: Davronbek Ernazarov / 'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi

Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a

16 Apr 09:12
 
58
0
xs.uz

Prezident Yangi Andijonga Bobur shahri deb nom berishni taklif qildi

Bildirilishicha, davlat rahbari Yangi Andijon shahridagi 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida oʻtayotgan xalq saylida soʻzga chiqib, betakror ilmiy va ijodiy merosi bilan oʻzbek xalqi va millatini butun dunyoga tarannum etgan shoh va shoir ' Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berishni taklif qilgan.'Ishonchim komil', bu tashabbus har tomonlama xalqimizning koʻnglidagi ish boʻladi. Nega deganda, hazrati Bobur ' jahon tari

18 Apr 11:07
 
55
0
xs.uz

Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan

15 Apr 07:05
 
59
0
xs.uz

Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi

Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol