calendar 20 Mar 12:50
eye 46
comments 0
comments Manba: postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

image

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademiyasi maydonida turnirning guruh bosqichi 1-tur o‘yinlari boshlandi. Musobaqa startidan oldin viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Inomov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yorqin g‘alabalar tiladi.

  Turnirning birinchi kunida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi bilan Farg‘ona viloyati IIB terma jamoasi bellashdi. Bellashuvda 2:0 hisobida Buxoro viloyati IIB terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi hamdaTransport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti terma jamoasi o‘rtasidagi bahs esa 2:2 hisobiga durang qayd etildi.

                 R.RAJABOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:34
 
70
0
xs.uz

Oksana Chusovitina – jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi (+video)

Ozarbayjonda oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bahslarida hamyurtimiz, 49 yoshli Oksana Chusovitina oltin medalga sazovor boʻldi.Bugun, 8-mart kuni Boku shahrida oʻtkazilgan final bahslarida Oksana Chusovitina tayanib sakrash yoʻnalishida 13.516 ball toʻplab, hammadan yuqori natija qayd etgan holda birinchilikni egalladi.Undan keyingi oʻrinlarda sloveniyalik Teya Belak 13,366 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 13,283 ball toʻplagan yana bir sloveniyalik gim

20 Mar 12:50
 
32
0
postda.uz

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar

09 Mar 06:34
 
60
0
xs.uz

Nodirbek Yoqubboyev “Prague Chess Festival Challengers” gʻolibiga aylandi

Oʻzbekistonlik iqtidorli shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev Chexiyaning Praga shahrida oʻtkazilgan 'Prague International Chess Festival' turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U 'Challengers' guruhida ishtirok etib, soʻnggi turda daniyalik grossmeyster Jonas Bjerreni magʻlub etdi va musobaqa chempionligini rasmiylashtirdi.Turnir 26-fevral ' 7-mart kunlari boʻlib oʻtdi va unda bir qator kuchli shaxmatchilar ishtirok etdi. Yoqubboyev barqaror va ishonchli oʻyin namoyish etib, muhim gʻalabalar

09 Mar 06:34
 
70
0
xs.uz

Husanovning jamoasi mehmonda “Nottingem”ga imkoniyatni boy berdi

Bugun, 8-mart sanasida APLning 28-turidan oʻrin olgan 'Nottingem Forest' ' 'Manchester Siti' uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻliq harakat qilgan oʻyinda 'shaharliklar' 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.Uchrashuvning dastlabki 45 daqiqaligi nursiz durang bilan tugagan boʻlsa, 83-daqiqaga kelib 'Nottingem' hujumchisi Kallum Xadson-Odoi gʻalaba golini urdi.'Oʻrmonchilar' mazkur oʻyinda zafar quchish orqali ochkolari sonini 51 taga yetkazib oldi va 3-oʻrindagi joyini m