calendar 13 May 14:37
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

image
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani dam oldirish va sogʻlomlashtirish rejalashtirilgan, ' dedi viloyat hokimi Murotjon Azimov. ' Bolalarning yozgi taʼtilni mazmunli va xavfsiz oʻtkazishi uchun barcha yoʻnalishlardagi ishlar oʻz vaqtida, tizimli va sifatli tashkil etilishi lozim.



Yigʻilishda oromgohlarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi, sanitariya-gigiyena holati, infratuzilma va obodonchilik ishlari alohida eʼtiborda boʻlishi qayd etildi. Bolalar uchun qulay va xavfsiz sport maydonlari, sanitariya uzellari, yotoq joylari taʼmirdan chiqarilishi, mavjud kamchiliklar monitoring qilinib, oʻz vaqtida bartaraf etilishi zarurligi taʼkidlandi.

Masʼul rahbarlarga har bir oromgoh boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash, bolalarning mazmunli va xotirjam taʼtil olishini taʼminlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
289
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

21 Apr 08:33
 
51
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

12 Apr 21:15
 
68
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.O'zbekistonning ushbu nufuzli tuzilma bilan amaliy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi.Toni Bler Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi va ko'lamini yuksak baholadi, ularni yanada ilgari surish doirasida zarur ekspert-maslahat ko'magini ko'rsatishga tayyorligini bil

04 Apr 16:19
 
88
0
xs.uz

Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli