Mazkur oʻyinlarni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chaqiriqqa qadar yoshlarni Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishga qiziqishini oshirib borish hamda ularni ruhan va jismonan chiniqtirishdan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi 'Vatanparvar' tashkiloti Matbuot xizmati xabariga koʻra, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida oʻtkazilgan 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining final bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlaridan 14 ta jamoa uchta blokdan iborat sinovlardan oʻtkazilgan.
Xususan, 'Harbiy-vatanparvarlik bloki'da jamoa aʼzolarining Oʻzbekiston tarixiga doir bilimlari tekshirildi. Shuningdek, 'Saf qoʻshigʻi' va 'Biz ' bir jamoamiz!' koʻrik-tanlovlari oʻtkazildi. 'Harbiy-amaliy koʻpkurash bloki'da jamoalar pnevmatik quroldan oʻq otish, oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish va harbiylashtirilgan estafeta boʻyicha bellashdilar. Harbiylashtirilgan estafeta doirasida yoshlar 'AK-74' avtomatini qismlarga ajratish va toʻliq yigʻish hamda gazga qarshi niqobni kiyib, belgilangan masofaga yugurish shartlarini bajardilar. 'Sport bloki'da duatlon, 100 metr masofaga yugurish va turnikda tortilish boʻyicha oʻzaro musobaqalashdilar.
Doʻstona ruhda, shu bilan birga shiddatli va murosasiz kechgan 'Shunqorlar' harbiy-sport oʻyinlarining respublika bosqichida Andijon viloyati jamoasi gʻolib chiqib, 'Vatanparvar' tashkiloti Markaziy kengashi raisining kubogini qoʻlga kiritdi. Bellashuvlar yakunida Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi, Samarqand viloyati vakillari uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Eslatib oʻtamiz, soʻnggi uch yildan buyon Xorazm viloyati jamoasi ushbu musobaqada ketma-ket gʻoliblikka erishib kelayotgandi.
Yakunda gʻoliblik va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar aʼzolari 'Vatanparvar' tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, uch kun davomida sport musobaqalarida belgilangan natijalarni qoʻlga kiritib, Yagona sport tasnifining meʼyoriy talablarini bajargan 6 nafar yigit va qizlar uchinchi sport razryadlari ega boʻldilar.
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri
Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c
Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla