“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi. Oxirgi tur oldidan Iroq, Oʻmon va Falastin 3-oʻrin uchun kurashda edi. Iroq Iordaniyani magʻlub etib pley-off yoʻllanmasiga ega chiqdi. Oʻmon va Falastin oʻrtasidagi oʻyin keskin oʻtdi ' falastinliklar faqat gʻalaba bilan keyingi bosqichga chiqishi mumkin edi. Ular hisobni ochishganiga qaramay, oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda Oʻmon penalti orqali gol urib, durangni saqlab qoldi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.
'S' guruhida Yaponiya mundialga yoʻllanmani oldinroq taʼminlab qoʻygan edi. Uning ortidan ikkinchi oʻrin uchun kurashgan Avstraliya va Saudiya Arabistoni oʻrtasida jiddiy raqobat kechdi. Saudiyaliklarga Avstraliyani yirik hisobda magʻlub etish talab etilgan, ammo oʻz maydonida 1:2 hisobida magʻlub boʻlishdi va pley-off bosqichida ishtirok etishga majbur boʻlishdi.
Natijada, Osiyo qitʼasidan JCH-2026 final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl olgan jamoalar quyidagilar: Yaponiya, Eron, Oʻzbekiston, Iordaniya, Janubiy Koreya va Avstraliya. Ushbu olti jamoa saralashni muvaffaqiyatli yakunlab, mundialga chiptasini qoʻlga kiritishdi.
Qolgan yoʻllanmalar uchun esa pley-off bosqichida kurash davom etadi. BAA, Qatar, Iroq, Oʻmon, Saudiya Arabistoni va Indoneziya jamoalari ikki guruhga boʻlinib, markazlashgan formatda musobaqa oʻtkazishadi. Har bir guruhdan faqat birinchi oʻrinni egallagan jamoa 'JCH-2026' finaliga yoʻl oladi.
Guruhlarda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar esa oʻzaro bellashishadi. Bu bellashuvda gʻalaba qozongan jamoa qitʼalararo pley-offda ishtirok etib, Jahon chempionatida qatnashish uchun yana bir imkoniyatga ega boʻladi. Shu bilan Osiyodagi saralash jarayonining asosiy bosqichi yakunlandi va keyingi bosqichdagi kurashlar yanada qizgʻin tus olishi kutilmoqda.
Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla
Oʻzbekistonlik bokschilar Tailanddagi musobaqada nechta medal yutdi?
Joriy yilning 22-maydan 1-iyungacha Tailandning Bangkok shahri 'Thailand Open' xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqada ikki nafar Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etdi va yurtimiz sportchilari ajoyib natijalar bilan turnirni yakunladilar. Final bahslaridan soʻng Oʻzbekiston vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.Musobaqaning oltin medallarini quyidagi sportchilarimiz yutib olishdi: -50
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel