Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori chizigʻidan foydalanib, ikkita ajoyib gol bilan xet-trikni rasmiylashtirdi. Garchi bu xet-trik jamoaga gʻalaba olib kelmagan boʻlsa-da, Mbappe klub tarixida oʻchmas iz qoldirdi.
Mbappe oʻz debyut mavsumida nafaqat Zamorano, balki 'Real' tarixidagi eng buyuk toʻpurarlardan biri ' Krishtianu Ronalduni ham ortda qoldirdi. Ronaldu 2009'10-yilgi debyut mavsumida 33 ta gol urgan edi. Ruud van Nistelrooy (2006'07) ham shuncha gol bilan debyut qilgan. Yana bir afsona ' Ronaldo Nazario 30 ta gol bilan debyut mavsumini yakunlagan edi.
Mbappe hozirda La Liganing 'Pichichi' (toʻpurarlar) poygasida ham yetakchilik qilmoqda. U 27 ta liga goli bilan 'Barselona' hujumchisi Robert Levandovskidan 2 ta gol oldinda bormoqda. La Liga chempionligi qoʻldan ketgan taqdirda ham, bu yutuq Mbappe uchun katta shaxsiy mukofot boʻladi.
Fransiyalik futbolchi bu mavsumda barcha musobaqalarda gol urishga ulgurgan. U Yevropa Chempionlar Ligasi (7 ta gol), UYEFA Superkubogi, FIFA Qitʼalararo kubogi, Ispaniya Superkubogi va Ispaniya Kubogida ham gol muallifi boʻlgan. Faqat Karim Benzema bilan birga Mbappe 'Real' safida bir mavsumda oltita musobaqada gol urgan futbolchilar safidan joy oldi.
Mbappe 'Real'dagi ilk mavsumidanoq tarixiy yutuqlarga erishmoqda. Agar u klubdagi faoliyatini shunday davom ettirsa, yaqin yillarda yana koʻplab rekordlar yangilanishi tayin.
Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?
Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.