Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining “Vatanparvarlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent davlat texnika universitetining “Texnika” jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Olmaliq kon-metallurgiya kollejining “Metallurg” jamoasi esa, uchinchi o‘ringa loyiq topildi. Shuningdek, “Eng yaxshi hujumchi” va “Eng yaxshi darvozabon” nominasiyalari bo‘yicha ham munosiblar aniqlandi.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal' va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz.
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter
CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI
Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo
18 yoshli Laziza Haydarova Lins Gran-prisi sovrindori!
18 yoshli Haydarova uchinchi o'rin uchun kechgan 11 daqiqalik bahsda niderlandiyalik Amber Gersesdan ustun keldi. Shu tariqa, Laziza kattalar toifasidagi yirik turnirlarda ilk medaliga ega chiqdi.