“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi

Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250 million dollar miqdoridagi solidarlik dasturi orqali dunyo boʻylab klub futboli rivojiga hissa qoʻshiladi.
Eʼtiborli jihati shundaki, FIFA ushbu musobaqa orqali hech qanday mablagʻni oʻzda saqlab qolmaydi va barcha daromad klublar oʻrtasida taqsimlanadi. Shu orqali tashkilot futbolning haqiqatan ham global sport turiga aylanishiga yordam bermoqchi.
Musobaqa uchun umumiy mukofot puli 1 milliard AQSH dollarni tashkil etadi. Buning 475 million dollari klublarning musobaqadagi sport natijalariga, 525 million dollari esa qatnashuv uchun taqdim etiladi.
Sport natijalariga qarab belgilangan mukofotlar quyidagicha: guruh bosqichida gʻalaba uchun 2 million dollar, durang uchun 1 million dollar, 1/8 finalga chiqqanlar 7,5 million dollar, chorak final ' 13,125 million dollar, yarim final ' 21 million dollar, finalga chiqqan jamoa ' 30 million dollar va gʻolib klub ' 40 million dollar qoʻshimcha mukofot puli oladi.
Qitʼalar kesimidagi ishtirok uchun ajratiladigan mablagʻlar ham aniq belgilangan. Yevropa klublariga 12,81 million dollardan 38,19 million dollargacha (sport va tijorat mezonlari asosida), Janubiy Amerikaga ' 15,21 million dollar, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi, Osiyo va Afrika klublariga ' 9,55 million dollardan, Okeaniya klublariga esa ' 3,58 million dollardan ajratiladi. Bu koʻrsatkichlar ishtirokchi klublar uchun teng sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
FIFA ushbu model orqali nafaqat sportdagi raqobatni kuchaytirishni, balki futbolning global darajadagi rivojiga turtki berishni maqsad qilgan. Mukofot pulining yuqori darajada belgilanishi va daromadlarning barcha klublar oʻrtasida adolatli taqsimlanishi orqali butun jahonda klub futboliga boʻlgan qiziqish va imkoniyatlar yanada kengayadi.
Qayd etish kerakki, ushbu nufuzli musobaqada Yevropaning 12 ta klubi ishtirok etadi. Afsuski, ular orasida 'koʻhna qitʼa'ning mashhur klublaridan 'Barselona', 'Manchester Yunayted', 'Milan' kabi klublari ishtirok eta olmaydi. Ayniqsa, 'koʻkanorli'larning turnirda ishtirok etmasligi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan edi.
CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI
Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar