calendar 13 May 14:39
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Holand “Real Madrid”ga “yoʻq” dedi

image
'Manchester Siti' klubi hujumchisi Erling Holand kelajagini Ispaniyada davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida yangi xabarlar paydo boʻldi. 'Tribuna.com' nashri maʼlumotiga koʻra, norvegiyalik futbolchi La Liganing ikki yirik klubi ' 'Real Madrid' va 'Barselona'dan birini tanlash borasida qaror qabul qilgan.

Manbaga koʻra, Holand 'Real' klubining taklifini rad etgan va buning asosiy sababi moliyaviy emas, balki sport nuqtayi nazaridan boʻlgan.

Futbolchining fikricha, 'Real Madrid' safida Vinisius Junior va Kilian Mbappe kabi yuqori darajadagi futbolchilar boʻlgan paytda u asosiy tarkibda doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlishiga ishonchi yoʻq. Aynan shu sababli, u yaqin kelajakda madridliklar bilan shartnoma imzolashni istamayapti. Holand raqobat kuchli boʻlgan muhitdan koʻra, oʻzini toʻliq koʻrsata oladigan klubni tanlash tarafdori.

Shu bilan birga, 'Barselona' varianti Erling Holand uchun istiqbolli yoʻnalish sifatida qaralayotgani aytilmoqda. U kataloniyaliklar safida hujum chizigʻining asosiy yetakchilaridan biriga aylanishni va klubda oʻzining chinakam salohiyatini namoyish etishni istaydi. 'Tribuna.com' manbasiga koʻra, Holandning 'Barselona'ga ehtimoliy transferi 2026-yil yozida amalga oshishi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, 'Barselona' prezidenti Joan Laporta futbolchini jamoaga olib kelishni istamoqda va bu yoʻnalishda faol harakatni boshlagan. Shunga qaramasdan bu transferning amalga oshishi uchun kataloniyalik klub moliyaviy barqarorlikka erishishi va kamida 175 million yevro miqdoridagi transfer mablagʻini tayyorlashi lozim boʻladi. Aks holda, 'Manchester Siti' rahbariyati bilan kelishuvga erishish qiyin boʻlishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
598
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

13 May 14:39
 
89
0
xs.uz

Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c

17 May 21:48
 
9
0
xs.uz

“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi

Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv

17 May 21:48
 
135
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat