calendar 12 Apr 21:16
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytirdi

image
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning 'Roma' klubi bilan shartnomasini 2027-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. Bu haqida 'Yahoo Sports' nashri maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Eldor Shomurodov klub bilan shartnomani uzaytirish uchun amaldagi maoshining qisqarishiga rozilik bildirgan. 'Roma' klubining ayni vaqtdagi boshqaruv strategiyasiga koʻra, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi boʻlgan ayrim futbolchilarning maoshlarini qisqartirishni nazarda tutadi.

Taʼkidlash joizki, hamyurtimiz joriy mavsumda 'Roma' klubi safida yorqin oʻyinlar namoyish etmoqda. Aksar hollarda zaxiradan oʻyinga qoʻshilayotgan hujumchimiz oʻziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalanmoqda.

Maʼlumot uchun, Shomurodovning 'Roma' klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoz oyida tugashi kerak edi. Yangilangan shartnomaga koʻra, Shomurodov 2027-yilning yoz oyiga qadar Rim klubi sharafini himoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Eldor Shomurodov 'Roma' klubidagi 4-yillik faoliyati davomida ilk bor fevral oyining eng yaxshi futbolchisiga aylangan edi.

Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida Dibala, Anxelino, Chelik va Sule kabi futbolchilarni ortda qoldirgan holda oy futbolchisi nomiga ega chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:22
 
60
0
xs.uz

Ortizning promouteri Madrimovning nokaut boʻlishiga ishonmoqda

Birinchi oʻrta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 22-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida amerikalik 26 yoshli Verjil Ortisga qarshi vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun jang oʻtkazadi.Mazkur jang borasida koʻplab bokschilar hamda mutaxassislar oʻz fikrlarini bildirishmoqda. Jumladan, Verjil Ortisning promouteri Oskar De La Xoyya ushbu jang muddatidan avval yakunlanishiga ishora qildi. Bu haqida 'Boxing News' nashri xab

15 Apr 07:06
 
23
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

12 Apr 21:16
 
12
0
xs.uz

Badiiy gimnastika: sportchilarimiz Jahon kubogining ilk bosqichida to‘rtta medalga sazovor bo‘lishdi

50 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham medallar uchun kurash olib borishdi. Yakunda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldilar.Kumush medal:Taxmina Ikromova (bulava)Guruh mashqi (3 to'p va 2 xalqa)Bronza medal:Taxmina Ikromova (ko'pkurash)Taxmina Ikromova (to'p).

18 Apr 11:08
 
11
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.