calendar 19 Feb 00:22
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ortizning promouteri Madrimovning nokaut boʻlishiga ishonmoqda

image
Birinchi oʻrta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov 22-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida amerikalik 26 yoshli Verjil Ortisga qarshi vaqtinchalik WBC chempionlik kamari uchun jang oʻtkazadi.

Mazkur jang borasida koʻplab bokschilar hamda mutaxassislar oʻz fikrlarini bildirishmoqda. Jumladan, Verjil Ortisning promouteri Oskar De La Xoyya ushbu jang muddatidan avval yakunlanishiga ishora qildi. Bu haqida 'Boxing News' nashri xabar berdi.

'Ar-Riyoddagi jang oqshomi, shubhasiz, eng zoʻri boʻladi. Madrimov ikki qoʻlda ham kuchli zarba bera oladi, ammo Ortizning tajribasi koʻproq. Fikrimcha, jang erta yakunlanadi. Ortiz shu vaqtgacha 22 jang oʻtkazib, shundan 21 tasini muddatidan avval tugatgan. Bu raqamlar koʻp narsadan darak beradi', ' deydi u.

Promouterning qoʻshimcha qilishicha, Ortiz oʻzining soʻngi jangida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi kutilganidek harakat qilolmagan. U Madrimovga qarshi bahsda oʻzining haqiqiy sport formasini namoyish qiladi.

Shuningdek, Ortizning soʻngi raqibi Sergey Bogachuk mazkur jangda Madrimovning imkoniyatlarini yuqori baholagan.

'Menimcha, bu juftlikda Madrimov gʻolib boʻladi va biz kelajakda u bilan ringga chiqamiz. Mening u bilan jangim bekor boʻlgan. Ammo ishonamanki, biz hali ham jang qilish imkoniyatiga egamiz', ' degan u.

Maʼlumot uchun, bugunga qadar Isroil Madrimov professional boksda 11 ta jang oʻtkazib, 9 gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat hamda 1 ta durrang qayd etgan. Madrimov gʻalabaga erishgan janglarining 7 tasini muddatidan avval yakunlagan.

Eslatib oʻtamiz, Ar-Riyoddagi mazkur boks kechasining asosiy jangida yarim ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiyev barcha kamarlarini rossiyalik yana bir taniqli bokschi Dmitriy Bivolga qarshi revansh jangida himoya qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:48
 
16
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

13 May 14:39
 
101
0
xs.uz

Karlo Anchelotti “Real Madrid”ni qachon tark etadi?

Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bu haqda futbol olamidagi ishonchli manbalardan biri ' jurnalist Fabrisio Romano oʻzining X sahifasida xabar bergan.Manbaga koʻra, italiyalik mutaxassis 11-may, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan 'Barselona'ga qarshi La Liga 35-tur uchrashuvidan soʻng 'qaymoqranglilar' bilan rasman xayrlashadi. 'El-Klasiko'dan keyin Anchelottining ketishi haqida rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.Maʼlumotlarga k

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi

04 Apr 16:20
 
75
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter