Oʻzbekiston boks terma jamoasi Braziliya qanday tarkibda boradi?

Jamoamiz aʼzolari quyidagi vazn toifalarida musobaqada qatnashishadi:
-50 kg vaznda Asilbek Jalilov;
-55 kgda Mirazizbek Mirzahalilov;
-60 kgda Madiyar Daniyarov;
-65 kgda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev;
-70 kgda Iqboljon Xoldorov;
-75 kgda Fazliddin Erkinboyev;
-80 kgda Javohir Ummataliyev;
-85 kgda Akmaljon Isroilov;
-90 kgda Toʻrabek Xabibullayev;
+90 kgda Jahongir Zokirov.
Termamizni musobaqaga tayyorlash va unda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida tajribali murabbiylar ' Toʻlqin Qilichev, Rahmatjon Roʻziohunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir Gʻulomov, Lazizbek Zokirov va Botirjon Mahmudovlar ish olib borishadi. Jamoa rahbari sifatida Shohid Tillaboyev, shifokor sifatida Komiljon Rasulov hamda matbuot kotibi sifatida Jaloliddin Yusupov ham yuborilmoqda.
Shuningdek, mazkur xalqaro musobaqada yurtimizdan ikki nafar hakam ' Marif Urdushev va Bekjon Yusupovlar ham adolat mezonini taʼminlash maqsadida hakamlik qilishadi. Ushbu Jahon kubogi musobaqasida terma jamoamizdan yuqori natijalar kutilmoqda.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar